Respublikamizda koronavirus (COVID-19) tarqalishiga qarshi qo`llanilayotgan chora-tadbirlar sababli, Davlat statistika qo`mitasi shuni ma`lum qiladiki, 1-xarajat “2019 yil uchun korxonaning mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kuzatish so`rovnomasi”ni topshirish muddati joriy yilning 15 avgustigacha uzaytirildi. Sizdan mazkur statistik kuzatuv so`rovnomalarini to`liq, to`g`ri va o`z vaqtida taqdim etishingizni hamda mamlakatimiz iqtisodiy ko`rsatkichlarining sifatli shakllantirilishida o`z hissangizni qo`shishingizni so`raymiz.
Hurmatli korxona (tashkilot, muassasa)lar rahbarlari!
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 20 fevraldagi 105-sonli qarori bilan tasdiqlangan “2020 yil uchun Davlat statistika ishlari dasturi”ga muvofiq davlat statistika organlari tomonidan joriy yilning iyun oyida korxona (tashkilot, muassasa)larning mahsulot ishlab chiqarish va sotishga yo‘naltirilgan xarajatlari tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Sizning korxonangiz mazkur kuzatuvga tasodifiy ravishda tanlab olindi. Shu munosabat bilan, Sizdan 1-xarajat (___) so‘rovnomasini internet tarmog‘idan foydalangan holda statistik hisobotlarni elektron shaklda yig‘ish tizimi (“eStat 3.0”) orqali to‘ldirib, joriy yilning 15 iyuldan kechiktirmasdan taqdim etishingizni so‘raymiz.
Siz tomoningizdan taqdim etilgan ma’lumotlar umumlashtirilgan holda davlat boshqaruvi organlari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan iqtisodiyot tarkibini tarmoqlar va mahsulotlar kesimida batafsil tahlil qilish, tarmoqlararo bog‘liqlikni aniqlash, iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarni prognozlashtirish hamda iqtisodiy siyosat borasidagi muhim qarorlarni qabul qilishda foydalaniladi.
Shu munosabat bilan, Sizdan mazkur statistik kuzatuv so‘rovnomalarini to‘liq va to‘g‘ri taqdim etishingizni hamda mamlakatimiz iqtisodiy ko‘rsatkichlarining sifatli shakllantirilishida o‘z hissangizni qo‘shishingizni so‘raymiz.
Statistik hisobotlarni elektron shaklda to‘ldirish va taqdim etish tartibi “eStat bo‘yicha qo‘llanma”da keltirilgan.
Tanlanma kuzatuvda ishtirok etishda foydalaniladigan ma’lumotnoma hujjatlari:
- Kuzatuvga tushgan korxona va tashkilotlar ro‘yxati, taqdim etiladigan so‘rovnoma turi;
-
Kuzatuv so‘rovnomalari va ularni to‘ldirish bo‘yicha
Tushuntirishlar A01
Tushuntirishlar A02
Tushuntirishlar B05-09
Tushuntirishlar C10-12
Tushuntirishlar C13-15
Tushuntirishlar C16-18, 31
Tushuntirishlar C19
Tushuntirishlar C20-22
Tushuntirishlar C23
Tushuntirishlar C24-25
Tushuntirishlar C26-30, 33
Tushuntirishlar C32
Tushuntirishlar D35
Tushuntirishlar E36-39
Tushuntirishlar F41-43
Tushuntirishlar G45-47
Tushuntirishlar H49-53
Tushuntirishlar I55-56
Tushuntirishlar J58-63
Tushuntirishlar K64-66
Tushuntirishlar L68
Tushuntirishlar M69-S96
Tushuntirishlar NNT - Mantiqiy va qo'shimcha nazorat
- Tanlanma kuzatuvini tashkil etish va o‘tkazish tartibi;
- O’zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha Mahsulotlar (tovarlar, ishlar, xizmatlar)ning statistik tasniflagichi (MST).
Hamkorligingiz uchun tashakkur!
Murojaat uchun telefonlar: 71 202 80 95 (96), 71 202 80 33, 71 202 80 73.
Kuzatuv so‘rovnomasini to‘ldirishga o‘tish