Toshkent shahrida 2022-yil IV chorak yakunlariga ko‘ra, kichik korxona va mikrofirmalar o‘rtasida tanlanma kuzatuvlaro‘tkazildi. Ushbu so‘rovnomada 3756 ta kichik korxona va mikrofirmalar ishtirok etdi. Ularning 1252 (33,4%) tasi iqtisodiy vaziyatni qulay deb baholadi. 2145 (57,1%) ta subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarli deb baholadi. Qolgan 359 (9,5%) ta subyektlar iqtisodiy vaziyatni qoniqarsiz deb baholagan.