Memorandumlar
 

O`zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar statistika tashkilotlari o`rtasidagi statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risidagi ikki tomonlama bitimlar:

1. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Rossiya Federatsiyasi statistika Davlat qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Toshkent, 20 yanvar 1999 yil.

2. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Ukraina Davlat statistika qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Kiev, 20 may 1999 yil.

3. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Ozorboyjon Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Toshkent, 23 iyul 1999 yil.

4. O`zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan Gruziya davlat statistika departamenti o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida bitim. Toshkent, 3 fevral 2000 yil.

5. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” o`rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to`g`risida Anglashuv Memorandumi. Toshkent, 24 avgust 2011 yil. 

6. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qirg’iziston Respublikasi Milliy statistika qo’mitasi o’rtasida anglashuv va hamkorlik memorandumi,Toshkent, 5 oktyabr 2017 yil.

7. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qozog‘iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining Statistika qo‘mitasi o‘rtasida statistika sohasida hamkorlik to‘g‘risida anglashuv memorandumi,Toshkent, 8 noyabr 2018 yil.

8. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan Jahon banki guruhi o'rtasida anglashuv memorandumi, Toshkent, 10 aprel 2019 yil.

9. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan Serbiya statistika idorasi o'rtasida statistika sohasida hamkorlik qilish to'g'risida anglashuv memorandumi, Toshkent, 4 mart 2020 yil.

10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan Hindiston Respublikasi statistika vazirligi va dastur ijrosi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida statistika qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi, Toshkent, 3 mart 2020 yil.

11. O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi bilan Islomiy davlatlarning statistika, iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar va ta'lim markazi (SESRIC) o'rtasida o'zaro anglashuv memorandumi, Toshkent shahri, 5 mart 2020 yil.

 

Yangiliklar
 

Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida gender statistikasi masalasi muhokama qilindi

NASHR ETILGAN: 13/10/2020
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa iqtisodiy komissiyasi gender statistikasi bo‘yicha tajriba almashish va sohada ilg‘or xalqaro uslublarni ommalashtirish bo‘yicha turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etib keladi.
Shu yil 12- oktabr kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida tashkil etilgan navbatdagi yig‘ilish videokonferensaloqa rejimida bo‘lib o‘tdi. 14- oktabrga qadar davom etadigan ushbu tadbirda mutaxassislar Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari milliy statistika idoralari hamda xalqaro tashkilotlarda gender statistikasini baholash masalalari, shuningdek, pandemiya davrida yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilishadi.
Ushbu tadbirlarda Davlat statistika qo‘mitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yo‘ldoshev ishtirok etmoqda.
Tadbir yakunida, ekspertlar gender statistikasi bo‘yicha BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi guruhlari tomonidan gender statistikasi sohasida amalga oshirilayotgan uslubiy ishlarini tahlil qiladi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanib, inqirozga qarshi ko’riladigan choralar muhokama qilinadi.

Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo'yicha vebinar tashkil etildi

NASHR ETILGAN: 12/10/2020
Joriy yilning 12- oktabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi hamkorligida Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi bo'yicha vebinar tashkil etildi.
Mazkur seminar videokonferentsaloqa tarzida joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan mazkur vebinar joriy yilning 15- oktabriga qadar davom etadi. Unda Davlat statistika qo'mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Abrayev ishtirok etmoqda.
Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti va Koreya statistika boshqarmasi xodimlaridan tashqari Avstraliya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Butan, Gruziya, Eron, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iz, Mongoliya, Nepal, Yangi Zelandiya, Tojikiston, Pokiston, Papua - Yangi Gvineya, Koreya, Samoa, Turkmaniston, Turkiya, Fidji, Shri-Lanka, Yaponiya davlatlari vakillari ham qatnashmoqda. Vebinar davomida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasi, ma'lumotlarni yig'ish, ma'muriy ma'lumotlardan foydalanish strategiyasi, turli manbalardan foydalangan holda xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini shakllantirish metodikasi masalalari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.
Tadbir ishtirokchilari Osiyo–Tinch okeani mintaqasida xalqaro mehnat migratsiyasi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va tavsiyalarini bildirmoqda.

Aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgalik bo’yicha onlayn konferensiya tashkil qilindi

NASHR ETILGAN: 09/10/2020
Joriy yilning 9- oktabr kuni Davlat statistika qo’mitasi, BMTning aholishunoslik jamg’armasi (UNFPA) va hamkor tashkilotlar o’rtasida videokonfersaloqa tarzida uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda, O’zbekiston Respublikasida 2022- yilda o’tkaziladigan aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik ishlarining hozirgi natijalari bo’yicha ma’lumot berildi. Tadbirda BMTning aholishunoslik jamg’armasining O’zbekistondagi vakili Yu Yu ham qatnashdi.
Tadbirda Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari M. Ziyadullayev boshchiligida qo’mita vakillari 2020- yil 3-chorak yakunlari bo’yicha aholini ro’yxatga olish ishlariga ko’rilayotgan tayyorgarlik yuzasidan taqdimot o’tkazishdi. Shuningdek, uchrashuvda aholini ro'yxatga olish so'rovnomasini to'ldirish, uslubiy hujjatlar va yo'riqnomalarni tayyorlash, kartografik materiallarni tayyorlash hamda xalqaro hamkorlik masalalariga alohida urg’u berildi.
Tadbir so’nggida, tomonlar fikr-mulohaza almashib, aholini ro’yxatga olish borasida kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan kelishib oldi.

O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash

NASHR ETILGAN: 02/10/2020
Joriy yil 2- oktabr kuni Jahon banki boshchiligida “O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash” loyihasi doirasida videokonferensiya tashkil etildi. Unda Jahon banki, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari, Davlat statistika hamda Soliq qo‘mitalari vakillari onlayn ravishda o‘zaro fikr-mulohaza almashdi. Onlayn konferensiyada Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Xolmurodov, Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mamirov, Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Zoyir Yuldoshev, Yashirin iqtisodiyotni statistik baholashni muvofiqlashtirish bo'limi boshlig‘i Ziyoda Kamilova ishtirok etdi.
Tadbirda ishtirokchilar statistik maqsadlar uchun norasmiy sektor va yashirin iqtisodiyotni aniqlash, mehnat bozorida norasmiy sektorining statistik ko'rsatkichlari, korxona va muassasalar o'rtasida norasmiy sektorni o'lchash, rasmiy va norasmiy biznes haqida ma'lumotlar, rasmiylikni rag'batlantirish choralarini yaratish masalalarida so‘z yuritdi.
Jahon bankidan katta iqtisodchi Uilyam Zeyts statistika tizimini mustahkamlashda xorij tarjibasi, amaliyotga tatbiq etilayotgan metodlar, mavjud muammo va ularni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Davlat statistika qo‘mitasidan raisining birinchi o‘rinbosari Xolmurodov Dilshod Ibragimovich milliy statistika tizimini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha batafsil ma'lumot berdi. Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga soha ekspertlari atroflicha javob qaytardi.

O’zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilish bo’yicha loyiha muhokamasi

Nashr etilgan: 30/09/2020
2020- yil 30- sentabr kuni Moliya vazirligi va UNICEF o'rtasida imzolangan 2019-2020-yillarga mo'ljallangan qo'shma ikki yillik ish rejasini amalga oshirish doirasida “O'zbekistonda bolalar nafaqalari tizimini isloh qilishda investitsiyaviy asoslarni tayyorlash” masalasini muhokama qilish bo'yicha onlayn-konsultatsiya bo'lib o'tdi.
Davlat statistika qo'mitasidan tadbirda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi demografik ko'rsatkichlarni shakllantirish bo'limi boshlig'i – Raximjon Satvaldiyev va Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasiAaholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi bosh mutaxassisi - Muslima Muxamedova ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda respublikadagi tegishli vazirlik va idoralarning tegishli xodimlari onlayn qatnashishdi.
Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy soha va ilm – fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i Nodir Mulitdinov hamda UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi ijtimoiy siyosat bo'limi boshlig'i v.b. Umid Aliyev ochib berishdi.
Uchrashuvda xalqaro ekspert – Metyu Townshend “O’zbekistonda bolalar nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llashni davom ettirish bilan bog'liq harakatsizlik qiymatini tahlil qilish natijalari bo'yicha hisobot loyihasi – iqtisodiy xarajatlar” mavzusida taqdimot qildi.
Shuningdek, bolalarning nafaqalarini to'lash masalalarida joriy siyosat va yondashuvlarni qo'llash bilan bog'liq iqtisodiy xarajatlarni baholashni nazarda tutuvchi harakatsizlik qiymatini tahlil qilishda qo'llaniladigan taxminlarni (farazlarni) va boshlang'ich ma'lumotlar muhokama qilindi.
Vazirlik va idoralarning mas'ul xodimlari taqdim etilgan ma'lumotlarni tahlil qilish va yig'ish metodologiyasini yaxshilash bo'yicha konstruktiv sharhlar va tavsiyalar berdi.

Elektroaloqa/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha takroriy uchrashuv

Nashr etilgan: 29/09/2020
2020- yil 29- sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida videokonferentsiya rejimida telekommunikatsiya/AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11-yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilning 14- sentabrida bo‘lib o‘tgan qo‘shma majlis xulosalarini e’lon qilishdan iborat bo‘lib, ushbu tadbirda kotibiyatning 2020-yilda AKTni rivojlantirish indeksini e’lon qilish bo‘yicha takliflarini muhokama qilish uchun 300 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar, Xizmatlar sohasi statistikasi, Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi hamda Narxlar statistikasi boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yilning 14-18- sentabr kunlari AKT sohasidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ekspertlar guruhining 11-yig‘ilishi va uy xo‘jaliklarida AKT ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlarning maqsadi hozirgi ish davrida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi va uy xo‘jaliklari ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhining onlayn muhokamalar forumlari ishtirokchilaridan olingan takliflarni ko‘rib chiqish va muhokama qilingan mavzular bo‘yicha ishlarni yakunlashdan iborat edi.
Telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida 5G ko‘rsatkichlari, AKT xizmatlari narxi, xizmat ko‘rsatish sifati va xalqaro rouming kabi mavzular muhokama qilindi. Bundan tashqari, xalqaro elektraloqa Ittifoqining barcha MSE elektron tarjima tillarida telekommunikatsiya/AKT bo‘yicha ma’muriy ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan ma’lumotnomasi rasmiy ravishda taqdim etildi.
Uy ko‘rsatkichlari bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida AKT foydalanish ko‘nikmalarini hisoblash va internet foydalanuvchilari sonini hisoblash usullari kabi mavzular muhokama qilindi. Xalqaro elektraloqa ittifoqining AKTdan foydalanishni hisoblash va ularni uy xo‘jaliklari va shaxslar darajasida MSE elektron tarjima tilida ishlatish bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan qo‘llanma rasmiy ravishda taqdim etildi.

Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining navbatdagi yig‘ilishi

Nashr etilgan: 29/09/2020
Joriy yilning 29- sentabr kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish masalalari bo‘yicha ekspertlar guruhining yig‘ilishi o‘z faoliyatini boshladi.
Mazkur yig‘ilish 1- oktabrgacha davom etadi. Unda Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari statistika idoralari vakillari hamda xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etadi.
Onlayn ravishda o‘tkazilayotgan tadbirda pandemiya sharoitida aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, tadbirni o‘tkazishda innovatsion usullar, ma'muriy va boshqa axborot manbalaridan foydalanish, ma'lumotlar sifatini baholash, foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish, aholini ro‘yxatga olish va ijtimoiy kuzatuvlarni integratsiyalash kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasdan Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i Berdiqulov Qobil G‘ulomovich ham qatnashmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish 2020- yil raundi doirasida amalga oshirilgan ishlar va ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazgan davlatlar tajribasini muhokama qilishdan iborat.
Yig‘ilish davomida Qobil Berdiqulov so‘zga chiqib, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelajakdagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Davlat statistika qo‘mitasi vakilining ma’ruzasi xalqaro ekspertlarda katta taassurot qoldirdi. Mutaxassislar O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasining 9-sessiyasi boshlandi

Nashr etilgan: 28/09/2020
Joriy yilning 28- sentabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasi (SESRIC)ning 9- sessiyasi o‘z faoliyatini boshladi.
Videokonferensiya tarzida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi qo‘mita jamoasi ham qatnashmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarda rasmiy statistikani rivojlantirish, ma’lumotlarni xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish maqsadida milliy statistika idoralari salohiyatini mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdan iborat.
28- sentabrdan 1-oktabrgacha bo‘lib o‘tadigan mazkur sessiyada Osiyo, Yaqin Sharq, Afrika va Tinch okeani mamlakatlari delegatlarining ma'ruzalari tinglanadi va bildirilgan tashabbuslar ko‘rib chiqiladi.
Jumladan, sessiyasi doirasida quyidagi masalalar kun tartibidan o‘rin olgan:
✓ 2030- yilga mo‘ljallangan Islom hamkorlik tashkiloti statistika qo‘mitasining strategik qarashlari va 2021–2025- yillarga mo‘ljallangan harakatlar dasturini qabul qilish;
✓ milliy statistika tizimlari salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan yangi yondashuvlarni muhokama qilish;
✓ Barqaror rivojlanish maqsadlari ko‘rsatkichlari bo‘yicha monitoring va hisobot masalalarini ko‘rib chiqish (qashshoqlikning barcha ko‘rinishlarini bartaraf etish);
✓ rasmiy statistikada noan’anaviy ma’lumot manbalarini qo‘llash.
(Ma'lumot uchun: SESRIC – Islom mamlakatlari uchun statistik, iqtisodiy, ijtimoiy va kadrlar tayyorlash markazi bo'lib, Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) statistika komissiyasining byurosi va Ijroiya organi hisoblanadi).

Xalqaro axborotdan foydalanish kuniga bag'ishlangan onlayn videokonferensiya bo'lib o'tdi

Nashr etilgan: 28/09/2020
2020- yil 28- sentabr kuni YEXHTning O'zbekistondagi loyihasi koordinatori va Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tomonidan Xalqaro universal ma'lumotlardan foydalanish kuniga bag'ishlab onlayn videokonferensiya tashkil etildi.
Onlayn tadbir davomida ommaviy axborot vositalarida huquqiy jihatlar, erkinlik va islohotlar, shuningdek, hukumatga yo'l olgan ochiq axborotdan universal foydalanish: ochiq ma'lumotlar, ma'lumotlarni to'plash, eng yaxshi milliy va xalqaro amaliyotlar ko'rib chiqildi.
Shundan so'ng, ikki mavzuli blokda xalqaro va milliy ekspertlarning ma'ruzalari tinglandi. Jumladan,
• Elchi Jon Makgregor, YeXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori;
• Elchi Ulrik Funered, EXHT da Shvetsiya doimiy vakili va 2021- yilda YEXHT doimiy kengashi raisi;
• Natalya Karfi, ochiq ma'lumotlar Xartiyasi direktorining o'rinbosari (Open Data Charter);
• Komil Allamjonov, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik Kengashi raisi;
• Helena Freyzer, BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori;
• Melissa Fleming, Global aloqa bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining o'rinbosari;
• Bibigul Jeksenbay, Qozog'iston Respublikasi Bosh muharrirlar klubi prezidenti, Qozog'iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vaziri maslahatchisi;
• Oleg Pekos, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari;
• Aleksandra Kolesnichenko, Milliy ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori
• Farhod Ibragimov, O'zbekiston IT-parki direktori mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i Akrom Sultonov ishtirok etdi.

Mahallalarda MICS savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi

Nashr etilgan: 23/09/2020
Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorligida MICS savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha videoseminar tashkil etib kelinmoqda.
Onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv-seminarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar ishtirok etayabdi.
Seminarda multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan savolnomalarni sinov tariqasida tekshirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF va UNFPA tashkilotlari ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Shu yil 14- sentabrdan buyon o‘tkazilib kelinayotgan ushbu o‘quv-seminarida supervayzer va intervyuerlar Davlat statistika qo‘mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan o‘qitilayabdi.
21–22- sentabr kunlari o‘quv-seminari ishtirokchilari Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan mahallalarda multiindikator klaster kuzatuvlari savolnomalarini to‘ldirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Gender tengligi masalasida hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashildi

Nashr etilgan: 18/09/2020
2020- yil 17- sentabr kuni “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida gender masalalari bo‘yicha videokonferensiya tashkil etildi.
Unda Davlat statistika qo'mitasi, Xalqaro savdo markazi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi vakillari hamda loyiha koordinatorlari ishtirok etdi.
Ta’kidlash lozimki, “Markaziy Osiyo mamlakatlarida mintaqalararo va xalqaro savdoni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash loyihasi” 4 yillik muddatga mo'ljallangan. Loyihani amaliyotga joriy etish orqali mamlakatlarning barqaror va har tomonlama iqtisodiy rivojlanishiga amaliy ko‘mak beriladi.
Videokonferensiya davomida gender statistikasi bo'yicha ma'lumotlar yig'ishni takomillashtirish masalalari, xususan, tadbirkor ayollar, mintaqaviy va xalqaro savdoda ishtirok etuvchi xotin-qizlar, ayollar ishtirok etadigan biznesning asosiy yo'nalishlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasi qanday to‘ldiriladi?

Nashr etilgan: 16/09/2020
2020- yilning 16- sentabr kuni “2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasi va uni to’ldirish yo’riqnomasi” loyihasi doirasida vebinar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu onlayn o‘tkazilgan tadbir MDHning Statistika qo‘mitasi hamkorligida tashkil etildi. Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi vakillari hamda Davlat statistika qo’mitasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi hamda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari qatnashdi.
Vebinarda MDHning Statistika qo‘mitasi raisi V.L. Sokolin hamda boshqarma boshlig’i I.A. Zbarskaya 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasi va uni to’ldirish yo’riqnomasi loyihasini tahlil qilib, aholini ro‘yxatga olish savolnomasini to’ldirish tartibi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.
Tadbir davomida 2022- yilda aholini ro‘yxatga olish savolnomasini to’ldirish yo’riqnomasi loyihasini takomillashtirish yuzasidan fikr-munozaralar bildirildi.

Valyutalar xarid qilish qobiliyatining tengligi: iqtisodiyotning qamrovi va tuzilishini o'lchash

Nashr etilgan: 16/09/2020
2020- yil 15- sentabr kuni Moskvada Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlatlararo statistika qo'mitasi tomonidan videokonferensaloqa tashkil etildi. Onlayn ravishda o‘tkazilgan tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etdi.
Mazkur xalqaro konferensiyani Belarus, Qozog'iston, Qirg'iz, O'zbekiston, Moldova milliy statistika idoralari vakillari, ROSSTAT, Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki, Iqtisodiyot oliy maktabi vakillari hamda boshqa taniqli iqtisodchi ekspertlar kuzatib bordi.
Konferensiyada MDH Davlatlararo statistika qo'mitasi raisining o'rinbosari Andrey Yevgeniyevich Kosarev "Valyutalar xarid qilish qobiliyatining tengligi: iqtisodiyotning qamrovi va tuzilishini o'lchash" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimotda xalqaro taqqoslash global dasturining boshlanishi, hisob-kitoblarni amalga oshirish bosqichlari to'g'risidagi tarixiy ma'lumotlar, valyutalar xarid qobiliyatining tengligi asosida xalqaro taqqoslashning asosiy nazariy va amaliy jihatlari, shuningdek, 2017- yil jarayonining natijalari taqdim etildi.
Onlayn konferensiya davomida 2017- jarayonining natijalari muhokama qilindi. Andrey Kosarev hisob-kitoblar uslubiyatining dolzarb masalalari hamda global xalqaro taqqoslash dasturi – 2020 jarayonini o'tkazish bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Xalqaro valyuta jamg'armasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Nashr etilgan: 04/09/2020
2020- yil 3- sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Xalqaro valyuta jamg'armasi missiyasi rahbari Ron van Ruden bilan videokonferensaloqa rejimida muloqot o'tkazdi.
Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad – keng qamrovli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdir.
Muloqot davomida davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ijrosi xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohaza almashildi.
Tomonlar makroiqtisodiy statistika masalalariga batafsil to'xtalib, Xalqaro valyuta jamg'armasi tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli hamkorlik va texnik ko'mak masalalari xususida so‘z yuritdi. Xalqaro ekspertlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning, jumladan, statistika organlari faoliyatining ijobiy dinamikasi haqida gapirib, O'zbekistonning ma'lumotlarni tarqatishning maxsus standartiga o'tish doirasida Xalqaro valyuta jamg'armasiga katta ko'mak berayotganini qayd etdi.
Uchrashuv iliq va do'stona ruhda o'tdi.

Bangkok shahrida ESKATOning 7- sessiyasi boshlandi

Nashr etilgan: 26/08/2020
Joriy yil 26- avgust kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO)ning 7- sessiyasi boshlandi. Ushbu xalqaro vebinarda Davlat statistika qo‘mitasi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Mazkur onlayn ko‘rinishdagi tadbirni o‘tkazishdan ko'zlangan maqsad – ESKATOga a'zo mamlakatlarda rasmiy statistikani rivojlantirish masalalarini muhokama qilish, mintaqalardagi milliy statistika idoralari uchun xalqaro standartlarga mos ma'lumotlarni ishlab chiqarish, tarqatish va tahlil qilish ko‘nikmasini oshirishdan iborat.
Shu yil 26–28- avgust kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbirda Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 50 mamlakatdan delegatlar so'zga chiqadi. Ular 2030- yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibi uchun rasmiy statistikani takomillashtirish masalalarini ko'rib chiqadi.
Muhokamalar jarayonida statistika idoralarining tashabbuslari o‘rganilib, integratsiyalashgan statistika, ma'lumotlarni tahlil qilish, rasmiy statistikani modernizatsiya qilish hamda ma'lumotlardan samarali foydalanish masalalari bo'yicha tajriba almashiladi.
Shuningdek, tashabbuslarni amalga oshirish monitoringini muhokama qilish, fuqarolik holati dalolatnomalarini ro'yxatga olish va aholining tabiiy harakati statistikasi va kun tartibi kabi masalalar yuzasidan ishtirokchilarning fikr-mulohazasi o‘rganiladi.
Davlat statistika qo'mitasi vakillari ham ESKATOning 7- sessiyasi yakunlari bo'yicha mintaqada milliy statistika tizimlarining rolini oshirish va rasmiy statistikani takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbir va tavsiyalar ishlab chiqadi.

Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv

Nashr etilgan: 25/08/2020
Joriy yilning 24-avgust kuni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekistondagi elchixonasi vakillarining O'zbekiston Respublikasining tegishli vazirlik va idoralari rahbarlari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuvi bo'lib o‘tdi.
Uchrashuvda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining O'zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot, Buyuk Britaniya xalqaro taraqqiyot vazirligining (BBXTV) Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari Honor Flanagan hamda BBXTV Markaziy Osiyo vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Devid Rinnert ishtirok etdi.
O’zbekiston delegatsiyasiga Bosh vazir o'rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov boshchilik qildi. Shunindek, uchrashuvda Markaziy bank, Moliya vazirligi, Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni kamaytirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda Buyuk Britaniyaning xalqaro taraqqiyot vazirligi tomonidan O'zbekiston uchun maxsus tayyorlangan “Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv” loyihasining tafsilotlari haqida ma'lumot berildi. Ishtirokchilar inson kapitalini rivojlantirish, xususan, tadbirkorlik ta'limi va davlat tomonidan, shu jumladan ayollar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash, mehnat bozorini rivojlantirish va rasmiy sektorni kengaytirish kabi sohalardagi hamkorlikning muhimligi to'g'risida kelishib oldilar.
Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilishning muhim jihati sifatida O‘zbekiston Respublikasida statistikaning rivojlanishiga texnik ko'mak ko'rsatilishi borasida fikr-mulohaza almashdi.
Uchrashuv so‘nggida Buyuk Britaniyaning Xalqaro taraqqiyot vazirligi ko'magida tayyorlangan “Iqtisodiy rivojlanish maqsadidagi samarali boshqaruv” maxsus dasturini tasdiqlash bo'yicha keyingi qadamlar ishlab chiqilib, unda mamlakatning statistik salohiyatini shakllantirishda texnik yordam ustuvor yo'nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘yicha mavjud yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi

Nashr etilgan: 20/08/2020
Joriy yilning 20- avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi tomonidan vebinar tashkil etildi. Unda qo‘mitaning Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi boshqarmasi hamda hududiy statistika boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
Vebinarda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda ijrosi haqida so‘z yuritildi. Vebinar davomida hududiy statistika boshqarmalarining Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi xodimlari bilan savol-javob o‘tkazildi. Savollarga javob berish jarayonida tashqi va ichki savdo statistikasini takomillashtirish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.
Jumladan, 2020- yilning yanvar-iyun oylari yakuniga ko‘ra, respublikaning tashqi savdo aylanmasi 15 855,8 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 3 528,0 mln. AQSh dollariga yoki 18,2 % ga kamaygani ta’kidlandi.
Tadbir so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi seminarlar grafik asosida joriy yilning 5- sentabrgacha sohadagi barcha xodimlarni qamrab olgan holda davom ettiriladi.

Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida videomuloqot tashkil qilindi

Nashr etilgan: 11/08/2020
Joriy yilning 10- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi diplomatik konsulligi ko‘magida, Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida videomuloqot bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori doirasida tashkil etilgan bo‘lib, tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi hamda Malayziya statistika departamenti rahbariyati va mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulotda va muxtor elchisi Ravshan Usmonov ochib berdi.
Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich statistika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4796 sonli qarori bilan qatnashuvchilarni tanishtirib o‘tdi.
Videomuloqot davomida, Malayziya statistika departamenti direktori, doktor Moxd Uzir Maxidin O‘zbekiston Respublikasinig Milliy statistika tizimini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi.
Tomonlar “Kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholashda Malayziyaning ilg'or tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma vebinarlarni tashkil etish orqali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, tomonlar ishlab chiqarish jarayonida AKTlarning ilg‘or imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha Malayziya tajribasini o‘rganish maqsadida, Malayziya statistika departamentining mas'ul xodimlarini jalb etgan holda, Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari bilan tajriba almashish vebinarlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Tadbir yakunida, tomonlar statistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Malayziya statistika departamenti o‘rtasida, o‘zaro anglashuv va hamkorlik Memorandumini imzolash masalasini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Jahon banki eksperti bilan videomuloqot bo‘lib o‘tdi

Nashr etilgan: 04/08/2020
Joriy yilning 4-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislarining Jahon banki eksperti bilan videomuloqoti bo‘lib o‘tdi.
Videomuloqotda, mamlakatda “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholash va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarda yanada to‘liqroq aks ettirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan bu boradagi jahon tajribasi o‘rganilayotganligi, shuningdek, hozirgi kunda O‘zbekistonda “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ni statistik baholash bo‘yicha amaldagi tajriba yuzasidan ma'lumot berildi.
Shuningdek, “kuzatilmaydigan (yashirin) iqtisodiyot”ning tarkibiy qismlari, yashirin iqtisodiyotni baholash usullari hamda yashirin iqtisodiy faoliyatni statistik baholash amaliyoti yuzasidan fikr almashildi. O‘z navbatida, Jahon banki eksperti Uilyam Xatchins Zeyts tomonidan “yashirin iqtisodiyot”ni baholash bo‘yicha ishlarni tashkil etishda alohida e'tibor qaratilishi zarur bo‘lgan masalalar, bu boradagi jahon tajribasi va xalqaro tashkilotlar tavsiyalari bo‘yicha ma'lumot berildi.
Muzokara yakuniga ko‘ra, Jahon banki tomonidan mamlakatda “kuzatilmaydigan iqtisodiyot”ni baholash borasida ishlarni tashkil etishda, Davlat statistika qo‘mitasiga zarur texnik va ekspert ko‘maklarini ko‘rsatish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Statistik amaliyotning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi

Nashr etilgan: 30/07/2020
Joriy yilning 21, 27, 28, 29- iyul kunlari ikki tomonlama hamkorlik va statistik hisobni takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va Serbiya Respublikasi statistika boshqarmasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa tarzida uchrashuvlar tashkil etildi.
Ikki tomonlama uchrashuvlar kun tartibida tashkilotlar faoliyatining uslubiy va amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Tomonlar sanoat, xizmat va transport statistikasi, investitsiyalar va qurilish, biznes-registrlar, tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo, qishloq xo‘jaligi va ekologiya, milliy hisoblar, tadbirkorlik faoliyati hamda AKT bo‘yicha statistik ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish va chop etish bo‘yicha fikr almashishdi.
Uchrashuvlar mavzuga oid taqdimotlar va boshqa dolzarb masalalar taqdimoti hamda ularning muhokamasi tarzida tashkil etildi.
Tadbir so‘nggida tomonlar statistik amaliyotning barcha dolzarb masalalari bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston ochiq ma'lumotlar manbalari soni bo‘yicha jahonda 6-o’rinni egalladi

Nashr etilgan: 30/07/2020
“Open data Inception” ma’lumotiga ko‘ra, jahon mamlakatlari orasida O‘zbekiston 70 ta ochiq ma'lumotlar manbalari bilan ochiq ma'lumotlar manbalari soni mavjudligi bo‘yicha jahonda 6-o’rinni egalladi.
Open Data Inception - bu Open Data Soft tomonidan ishlab chiqilgan 2600 dan ortiq ochiq ma'lumotlar portallarining to‘liq ro‘yxatidir. opendatainception.io sayti butun dunyoda keng foydalaniladigan va eng katta ochiq ma'lumotlar manbalaridan biri hisoblanadi.
Ochiq ma'lumotlar manbalari bo‘yicha birinchi o‘ntalikka kiruvchi mamlakatlar ro‘yxati:

Davlat nomi Manbalar soni
1 Amerika Qo‘shma Shtatlari 644
2 Ispaniya 304
3 Fransiya 111
4 Buyuk Britaniya 105
5 Kanada 99
6 O‘zbekiston 70
7 Avstraliya 59
8 Germaniya 57
9 Italiya 48
10 Gollandiya 31

Shuningdek, “Open Data Inception”da Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) eng yirik 21 ta ochiq ma’lumot manbalari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Eslatib o’tamiz, BMTning “Elektron hukumat kuzatuvi 2020”da “Ochiq davlat ma'lumotlari indeksi” bo‘yicha O‘zbekiston eng yuqori (Very High OGDI) ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan jahonning 41 ta mamlakati orasidan joy oldi. Jami ushbu indeksda 193 ta mamlakat baholangan hamda O‘zbekiston eng yuqori ball to‘play olgan.
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki va BMTTD O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma'lumotlar sohasini faol rivojlantirishga ko‘maklashmoqda.

Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati

Nashr etilgan: 22/07/2020
2020- yilning 22- iyul kuni Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT)ning iqtisodiyot va ekologik faoliyat bo‘yicha koordinatori ofisi tomonidan “Pandemiya davrida ochiqlik va shaffoflikni oshirishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.
Vebinar qatnashchilari ochiq ma'lumotlar va raqamli vositalarning hukumat shaffofligi hamda yaxlitligini mustahkamlashdagi roli bo‘yicha fikr-mulohaza yuritdi. Samarali boshqaruvni targ'ib qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish YXHTning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Davlat organlarida hisobdorlikni oshirish, korrupsiyani kamaytirish maqsadida ochiq ma’lumotlar platformalari va yaxshi boshqaruvni rag'batlantirishda raqamlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bu borada YXHT ishtirokchi davlatlarni ochiq ma'lumotlarni taqdim etish, monitoring qilish va tahlil qilish uchun raqamli vositalardan foydalanish imkoniyatini oshirishda qo‘llab-quvvatlaydi.
Tadbir davomida YXHTning davlat boshqaruvi direktori Barbara Ubaldi, Ochiq shartnoma hamkorligi dasturining katta menejeri Karolis Granitskas, Sarayevo jurnalistik tekshiruv markazi xodimi Leyla Bichakchich, YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi vakili Murod Husanov favqulodda vaziyatlarda ma’lumotlarni chop etish bo‘yicha ilg‘or metodlar, milliy tajriba va ochiq ma’lumotlar bilan bog’liq muammolar yuzasidan fikr bildirdi.
Shuningdek, onlayn videokonferensiyada O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi Ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akrom Sultanov ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

2019 yilning 11-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv  bo`lib o`tdi.Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi. Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi yuzasidan onlayn muloqot

Nashr etilgan: 21/07/2020
Joriy yilning 21- iyul kuni Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich Jahon bankining yetakchi ekspertlari bilan “2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasida Statistikani rivojlantirishning milliy strategiyasi” doirasida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan onlayn muloqot qildi.
Vebinarda Jahon banki tamonidan tavsiya etilgan savolnomalar asosida 2020- yil davomida sinov tariqasida uy xo'jaliklarida planshetlar yordamida o'tkazilgan tanlama kuzatuvlar natijalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, Jahon bankining ekspertlari 2021- yilda planshetlar orqali kuzatish rejalashtirilayotgan uy xo'jaligi tanlama kuzatuvi savolnomalarini takomillashtirish bo'yicha o'zining kerakli tavsiyalarini berdi. Vebinar munozara va fikr-mulohaza almashish shaklida bo'lib o'tdi.
Axborot xizmati

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O'zbekistonda "To'yib ovqatlanmaydiganlar ulushi" qayta ko'rib chiqildi

Nashr etilgan: 15/07/2020
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 9- apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qarori va joriy yilning 2- iyunidagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi PF-6003 son farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan qator tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, 2019- yilda Davlat statistika qo‘mitasi raisi topshirig‘iga binoan, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan e'lon qilinadigan “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini tadqiq qilish bo‘yicha Davlat statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M. Ziyadullayev boshchiligida ekspertlar guruhi tashkil etilgan edi.
2019- yilning 10-12- dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari tomonidan tashkil etilgan seminar davomida Davlat statistika qo‘mitasi ekspertlar guruhi vakillari H.Xudoyqulova FAO ekspertlari bilan mazkur masala bo‘yicha ya’ni O‘zbekistonda “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini hisoblashdagi kamchiliklar yuzasidan bahs-munozaralar olib borishdi. FAO mutaxassislari Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining ushbu kamchiliklar haqidagi isbot-dalillarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining “To‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi” ko‘rsatkichini 2014- yildan boshlab New Food Balance Sheet asosida qayta hisoblashni amalga oshirdi. Qayta hisoblash natijasida bu ko‘rsatkich 2016-2018- yillar uchun 2,8 % (0,9 mln. kishi) va oxirgi 2017-2019- yillar uchun 2,6 % (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.
Bu ma'lumotlar rasman 2020- yil 13- iyul kuni bo‘lib o‘tgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI - 2020) dokladi taqdimoti onlayn yig‘ilishida va FAO rasmiy sayti orqali e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli ro'yxatiga kiritilgan birinchi mamlakat bo'ldi

Nashr etilgan: 10/07/2020
O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz ochiq ma'lumotlar portallarining eng keng qamrovli DataPortals.org ro'yxatidan joy oldi.
DataPortals.org bu dunyodagi ochiq ma’lumotlar portallarining to'liq ro'yxati bo’lib, u mahalliy, mintaqaviy va milliy hukumatlar, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar va ko'plab nodavlat tashkilotlar vakillari, shu jumladan, butun dunyodagi yetakchi ochiq ma'lumotlar mutaxassislari guruhi tomonidan nazorat qilinadi.
O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali data.gov.uz va O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining rasmiy sayti stat.uz DataPortals.org keng qamrovli ro'yxatiga kirish va unga mos kelishi uchun ekspertlar tomonidan to’liq o’rganilib, muhokama qilingan.
Hozirgi vaqtda 589 ta ochiq ma’lumotlar portallari mazkur keng qamrovli ro'yxatga kiritilgan.
Ayni kunga qadar, O'zbekiston Markaziy Osiyodagi ushbu ro'yxatga ikkita ochiq ma'lumot manbasiga ega bo'lgan yagona mamlakat sifatida kiritilgan.

Davlat statatistika qo’mitasi raisi B. Begalov va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolotxonasi rahbari Sasha Grauman o’rtasida masofaviy video muloqot bo’lib o’tdi

Nashr etilgan: 02/07/2020
Joriy yilning 1- iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi raisi B. Begalov va YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Grauman o’rtasida onlayn video muloqot bo’lib o’tdi.
Suhbat davomida “2020- yilga mo’ljallangan hamkorlik dasturi bo’yicha ishchi reja” doirasida va xususan Respublikadagi “COVID-19” bilan bog’liq qiyin vaziyat holatida Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS)ni o’tkazish jarayoni muhokama qilindi.
Shuningdek, MICS loyihasini amalga oshirishni davom ettirish bo’yicha kelishib olindi. Davlat statistika qo’mitasi va YUNISEF o’rtasida bolalar huquqlarini monitoring qilish bo’yicha statistik va ma'muriy ma'lumotlar bazalarini o'z ichiga oladigan tizimni ishlab chiqish bo’yicha hamkorlik qilinadi.
Uchrashuv yakunida statistik to’plam va O’zbekistonda bolalar to’g’risidagi ma’lumotlarni jamlovchi veb-portal yaratish bo’yicha kelishib olindi.
Axborot xizmati

Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning zamonaviy modellari

Nashr etilgan: 01/07/2020
Joriy yilning 1- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning zamonaviy modellari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qo‘mita markaziy apparati boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.
Seminar avvalida ishtirokchilar 2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan berilgan topshiriqlar xususida to‘xtalib o‘tdishdi.
Shundan so‘ng, Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvi boshqarmasi boshlig‘i Odiljon Mamadaliyev Statistik ma’lumotlarning universal modeli (GSIM), Statistik ma’lumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarining namunaviy modeli (GSBPM), Statistika idoralari faoliyatini boshqarishning universal modellari (GAMSO) haqida batafsil ma`lumot berdi hamda ushbu modellarni statistika sohasiga joriy qilish masalalariga ham to`xtalib o`tdi.
Shuningdek, seminarda sifatni boshqarish bo‘yicha bazaviy prinsiplar haqida ham so`z yuritildi va ishtirokchilar o`zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldi.
Axborot xizmati

Ochiq ma'lumotlar bo‘yicha bir guruh trenerlarning salohiyatini oshirish uchun o‘quv seminari o‘tkazildi

Nashr etilgan: 01/07/2020
Joriy yilning 30- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida Jahon bankining “Ochiq ma'lumotlar ekotizimini rivojlantirish, salohiyatni oshirish va joriy etish” loyihasiga ko‘ra, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori ko‘magida ilgari o‘qitilgan ochiq ma'lumotlar bo‘yicha milliy trenerlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbir davomida Jahon banki eksperti Ivan Fost ochiq ma'lumotlarni boshqarish metodologiyasi, ma'lumotlarni inventarizatsiya qilish yondashuvlari, mos yozuvlar ma'lumot manbalarini ajratish, ma'lumotlar sifatini baholash haqida ma’lumot berdi.
Trening natijalariga ko‘ra, trening ishtirokchilari ochiq ma'lumotlar yetkazib beruvchilar bilan ishlashda tizimli yondashuvga, O‘zbekistonning ochiq ma'lumotlari faoliyatini tartibga soluvchi me'yoriy hujjatlar sifatida yakunlanishi va qabul qilinishi mumkin bo‘lgan individual uslubiy hujjatlar loyihalari, texnologik imkoniyatlar, tartibga solish cheklovlari, foydalanuvchi so‘rovlari, bo‘limlarning kadrlar imkoniyatlari o‘rtasidagi ma'lumotlarni ochishda muvozanatli ish algoritmi kabi tushunchalarni chuqurroq o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Ta’kidlash joizki, 2019- yilda YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori tomonidan “Training of trainers in Open Data” o‘quv-seminari doirasida yurtimizdagi 88 ta vazirlik va idoradan 185 nafar xodim o‘qitildi. 2020- yilda ochiq ma'lumotlar bilan ishlash bo‘yicha mas'ul vazirlik va idoralar xodimlari uchun o‘quv kurslarini davom ettirish rejalashtirilgan. O‘z malakasini oshirgan trenerlar Davlat statistika qo‘mitasi, IT-Park, YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari Koordinatori va Jahon banki ko‘magida o‘qishni davom ettiradi.

Yevropa statistiklari konferensiyasining 68- yalpi majlisi

Nashr etilgan: 22/06/2020
Joriy yilning 22- iyun kuni Shveytsariyaning Jeneva shahrida videokonferensiya shaklida Yevropa statistiklari konferensiyasining 68-yalpi majlisi (CES) o'z ishini boshladi.
Ma’lumot o’rnida eslatib o’tish joizki, CES dunyodagi nufuzli statistik tashkilotlardan biri bo’lib, 1953- yilda tashkil etilgan.
Tadbirda, Davlat statistika qo'mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida tarmoq boshqarma boshliqlari ham onlayn tarzda ishtirok etdi.
22-24 - iyun kunlari bo'lib o'tadigan CES yig’ilishining kun tartibida CES yangi yo'riqnomalari va tavsiyalari, 2020 va 2021- yillarda BMT YEIK statistika dasturlari delegatlar tomonidan ko'rib chiqiladi.
Shuningdek, globallashuv va iqtisodiy statistikaning kelajagi, raqamli transformatsiyani o'lchash, o'zgarayotgan dunyoda NSO ma'lumotlarini boshqarish va boshqa ko'plab mavzular ko’rib chiqiladi.
CES ishtirokchilari xalqaro statistika standartlarini ko'rib chiqib, tasdiqlaydilar hamda ilg'or xalqaro amaliyot va statistika sohasidagi so'nggi tavsiyalar va yutuqlar bilan tanishadilar.
Tadbir yakunida 2021- yilga mo'ljallangan CES ning ish rejasi, CES ning amaliy tavsiyalari ishlab chiqiladi, bu milliy statistika institutlari faoliyatini strategik rejalashtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Ochiq ma'lumotlar bo'yicha ishchi guruhining salohiyatini oshirishga qaratilgan vebinar o‘tkaziladi

Nashr etilgan: 19/06/2020
2020- yil 22- iyun kuni soat 14:00–17:00da O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi tomonidan Jahon banki ko'magida ochiq ma'lumotlar bo'yicha ishchi guruhining salohiyatini oshirishga qaratilgan vebinar tashkil etiladi.
Ayni pandemiya davrida dunyo bo'ylab COVID–19 pandemiyasiga qarshi kurashishda rasmiy ma'lumotlarning, ochiq ma'lumotlarning e’lon qilinishi, kasallik oqibatlarini keng jamoatchilikka yetkazishda muhim ahamiyatga ega. Vebinar davomida dunyoda pandemiyaga qarshi kurashish bo'yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar hamda O'zbekistonda amalga oshirilgan harakatlar bo'yicha taqdimot namoyish etiladi. Taqdimotda davlat, xususiy sektor va nodavlat tashkilotlarining sog'liqni saqlash, mehnat, biznesni qo'llab-quvvatlash, ta'lim va boshqa tashabbuslari, global pandemiya davrida qaror qabul qilishda ochiq ma'lumotlarning ahamiyati haqida fikr bildiriladi.
Jahon banki ekspertlari, shuningdek, turli davlat tuzilmalari, xususiy sektor va ilmiy doiralar vakillari tomonidan ochiq ma'lumotlar va ularning ta'sir ko'rsatishi hamda davlatlar uchun iqtisodiy imkoniyatlar yaratishi haqida suhbat o'tkaziladi.
Ekspertlar O'zbekistonda hukumat, xususiy sektor, fan va akademiya, shuningdek, tadbirkorlik istiqbollari haqida so'z yuritadi. Muhokamadan so'ng ishtirokchilar “Ma'lumotlarni depersonalizatsiya qilish” va “Ochiq ma'lumotlar uchun metama’lumot” kabi dolzarb mavzularga bag'ishlangan onlayn seminarlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Ma'lumotlarni anonimlashtirish va ochiq ma'lumotlar bilan ishlashni soddalashtirish uchun metama’lumotdan foydalanishda qo'llanilishi mumkin bo'lgan usullar haqida axborot beriladi. Vebinarda quyidagi havola orqali ishtirok etish mumkin:
https://worldbankgroup.webex.com/worldbankgroup/j.php?MTID=mcb014d9aea6b9dda27cbb17abd9ad31a

"Dunyo va O‘zbekistonda Covid-19 pandemiyasi ta’siri bo‘yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan yechimlar" mavzusida vebinar

Nashr etilgan: 16/06/2020
Davlat statistika qo'mitasi, Toshkent shahridagi Amity universiteti va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "O‘zbekistonda Covid-19 pandemiyasi ta’siri bo‘yicha ochiq ma'lumotlarga asoslangan chora-tadbirlar" mavzusida vebinar tashkil etiladi.
Eng yirik moliyaviy manbalaridan biri bo'lgan Jahon banki guruhi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun pandemiyaga qarshi kurashish uchun tezkor choralarni kuchaytirishda yordam bermoqda. Sana: 2020- yil 17- iyun.
Vaqt: 15:00.
Vebinar tili: Ingliz tili.
Ro'yxatdan o'tish uchun havola:
https://attendee.gotowebinar.com/register/8590758533817603854
Axborot xizmati

YUNISEF vakillari bilan MICS bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi

Nashr etilgan: 15/06/2020
Davlat statistika qo‘mitasi va BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF)ning mas'ul ekspertlari tomonidan Multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha videoseminar tashkil etildi.
Videoseminarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari, xalqaro ekspertlar hamda hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Seminarda MICS kuzatuvini olib borishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada xorijiy tajriba qanday ekani to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Ta’kidlash lozimki, Multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi “2020–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Shunga ko‘ra, MICS kuzatuvini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish doirasida birqancha tadbirlar rejalashtirilgan.
Mazkur tashkil etilgan tadbirda ham Vazirlar Mahkamasining qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.
Videoseminarda MICS bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni tashkil etish, xaritalar ustida ishlash, mahallalarni segmentlarga ajratish qoidalari kabi masalalar bo‘yicha tushuncha berib o‘tildi.

Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 26-fevral kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich bilan Albert Yeger boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari o’rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, O`zbekistonda “Yig`ma ma`lumotlar milliy sahifasi”ning yuritilishi, milliy hisoblar tizimi, iste`mol narxlari indeksi bo`yicha masalalar muhokama etildi.Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.Uchrashuv yakunida Xalqaro valyuta jamg`armasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

 KOSTAT delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yil 25-mart kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) Кomissiоneri o’rinbosari janob Song Vuk Choy boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.Uchrashuv jarayonida, aholini ro'yxatga olish amaliyotini o'rganish va tajriba almashish, Koreya milliy statistikasini rivojlantirishning strategik rejasi, shu jumladan, statistika xizmatini ko'rsatishning zamonaviy usullari bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi.Tashrif davomida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazilаdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha eksperti bilan uchrashuv

Joriy yil 8 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovichning BMTning Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti bilan bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. Uchrashuv jarayonida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655-son Farmoni va 2022 yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. BMTning Aholishunoslik jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti joriy yilning 8-19 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan aholini ro`yxatga olish bo`yicha muhokama olib boradi.

Davlat statistika qo`mitasida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

 Joriy yilning 17 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasida MDH davlatlarida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda, Davlat statistika qo'mitasi va "Bloomberg" kompaniyasi o'rtasida hamkorlik qilish, shuningdek, "Bloomberg" platformasida (O'zbekiston bo'yicha mamlakat statistikasi) statistik ma'lumotlarni joylashtirish bo`yicha masalalar muhokama etildi. Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar.chrashuv yakunida "Bloomberg" kompaniyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 22 aprel kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv  bo`lib o`tdi. Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Jahon banki o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, milliy statistika tizimini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash kelishildi.  Uchrashuv yakunida Jahon banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Davlat statistika qo‘mitasida YUNISEF vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisi o'rinbosari Mahmudjon Ziyodullayev  boshchiligida o‘tgan tadbirda 2020–2021 yillarda YUNISEF bilan hamkorlikda O‘zbekistonda multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. YUNISEFning mintaqaviy konsultanti Sinan Turkyilmaz multiindikator klaster tekshiruvlarini o‘tkazish uchun tanlamani shakllantirish jarayoni haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.  Uchrashuv yakunida YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Afshin Parsi Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, bunday hamkorlik aloqalari statistika sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 20 may kuni Davlat statistika qo`mitasida Rais Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida Osiyo taraqqiyot bankining Bilim va texnik ko`mak: Rivojlanish uchun ma`lumot – Mamlakat ichida trening missiyasi expertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda, Davlat statistika qo`mitasi va Osiyo taraqqiyot banki o`rtasidagi hamkorlik, korxonalarning statistic registri, Davlat statistika qo`mitasi veb-saytida informatsion panellar yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. Bundan tashqari, Osiyo taraqqiyot banki expertlari joriy yilning 20 mayidan 31 mayiga qadar Davlat statistika qo`mitasida ma`lumotlarni vizuallashtirish va tarqatish, veb-saytda informatsion panellar yaratish kabi masalalar bo`yicha trening o`tkazmoqda. Uchrashuv yakunida Osiyo taraqqiyot banki vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi. 

Osiyo taraqqiyoti banki mutaxassislari bilan uchrashuv o`tkazildi

2019 yilning 21 yanvaridan 1 fevraligacha Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyoti banki tashabbusi bilan “Salohiyat va bilimlarni oshirish (KSTA) 9356-REG (Rivojlanish uchun ma`lumotlar)” nomli texnik ko`mak loyihasi doirasida trening tashkil etildi.  Missiya OTB mutaxassislari: statistika va loyihalar bo`yicha mutaxassis – Moxintan Jozef Mariasingam, maslahatchi – Nikko Anjelo D. Antonio, maslahatchi – Juletta S. Magallens va maslahatchi – Jon Arvin S.Bernabe tomonidan o`tkazildi. Treningda Davlat statistika qo`mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi hamda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasining mutaxassislari ishtirok etishdi. Treningda resurslar va ishlatilishi, xarajatlar-ishlab chiqarish jadvallarini tuzish hamda tahlil qilish bo`yicha savollar ko`rib chiqildi. Shuningdek, biznes registr yuritish va uy xo`jaliklari byudjettlari bo`yicha kuzatuvini o`tkazish baholandi. Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari tomonidan yuqorida keltirilgan masalalarga doir keng ko`lamli prezentatsiyalar o`tkazildi.

 Olmota shahrida (Qozog’iston) “ BRM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash ” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

2017 yil 28-30 noyabr kunlari “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) ko‘rsatkichlarini ishlab chiqarishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar manbalarini integratsiyalash” mavzusida Olmota shahrida (Qozog’iston) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Statistika bo’limi, Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi, Atrof muhit bo’yicha dasturi va Qozog’iston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligining statistika qo’mitasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Ta’lim, sog’liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo’limi boshlig’i v.b. D.Raxmatullayev va Notijorat tashkilotlari faoliyati, madaniyat va turizm sohalarida statistik kuzatuvlar bo'limi bosh mutaxassisi A.G’afurovlar  ishtirok etdi.

Seminarda Sharqiy Evropa, Kavkaz, Markaziy Osiyo (ShEKMO), Mongoliya, Rossiya, Turkiya milliy statistika idoralari vakillari, BMTning statistika bo`limi, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo’limi, Jahon Banki, BMTning oziq- ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti, BMTning Atrof muhit bo’yicha dasturi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminarda BRM indikatorlarini shakllantirishda an’anaviy bo‘lmagan ma’lumotlar (ma’muriy ma’lumotlar, registr ma’lumotlari, geografik ma’lumotlar)dan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Joriy yilning 24 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Xalqaro valyuta fondi eksperti bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, to`lov balansi statistikasini shakllantirish, tashqi savdo statistikasi, uy xo`jaliklarini kuzatuvi, sanoat va taqshi iqtisodiy faoliyat statistikasi masalalari muhokama etildi. Uchsharuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

O`zbekistondagi Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Gyunter Overfeld uchrashuvi bo`lib o`tdi

Uchrashuvda, O`zbekiston Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o`rtasida ko`plab sohalardagi samarali hamkorlik yo`lga qo`yilayotganligi e`tirof etilib, ikki davlat statistika organlari o`rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.  

Uchrashuv yakunida Germaniya Federativ Respublikasi elchisi Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirdi va kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi. 

Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.

21-22 noyabr 2017

2017 yil 21-22 noyabr kunlari “Osiyo va Tinch Okeani mintaqalarida aholini ro’yxatdan o’tkazish uslubiyatini ishlab chiqish va uni qo’llash” mavzusida Tedjon shahrida (Janubiy Koreya) seminar bo’lib o’tdi. Mazkur seminar Janubiy Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT) va Osiyo-Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI) tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Davlat statistika qo’mitasining Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to’lash ko`rsatkichlarini shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi Z.Khudayarova ishtirok etdi.

Seminarda AQSh, Niderlandiya, Mongoliya, Vetnam, Tayland, Shri-Lanka, Janubiy Koreya, O’zbekiston milliy statistika idoralari mutaxassislari, Osiyo va Tinch Okeani mintaqalari bo’yicha aholishunoslik instituti (APPI), Janubiy Koreya milliy universiteti mutaxassislari va ekspertlari ishtirok etishdi.

Seminarda aholini ro’yxatdan o’tkazishda zamonaviy uslublardan foydalanish texnologiyasini shakllantirish, aholini ro’yxatdan o’tkazishda ma’muriy ma’lumotlardan foydalanishning afzalligi, internet va aholi registri ma’lumotlari bazasi yordamida aholini ro’yxatdan o’tkazishni takomillashtirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi yig`ilishi

13 noyabr 2017

2017 yilning 13 noyabrida “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida Birlashgan Millatlar tashkiloti va YuNDAF bo`yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashning birgalikdagi ikkinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu tadbirda 2017-2020 yillardagi O`zbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar tashkilotining hamkorligini yanada rivojlantirish bo`yicha amaliy choralar Rejasi (“Yo`l xaritasi”) muhokama qilindi. 

Bundan tashqari, ishtirokchilar Yo`l xaritasi, Harakatlar strategiyasi (2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi), barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibi va YuNDAF orasidagi o`zaro bog`liqligi bilan ham tanishtirildi.  

Yig`ilishda BMT Bosh kotibining yordamchisi Jixan Sultono`g`li xonim, BMTning O`zbekiston Respublikasidagi doimiy muvofiqlashtiruvchi vakili Xelena Freyzer xonim hamda tegishli vazirlik va idoralar, shu jumladan Davlat statistika qo`mitasi vakillari ishtirok etdilar. 

Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

13 noyabr 2017

2017 yil 13 noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Yevropa ittifoqi komissiyasi ekspertlari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, davlat statistika organlarining faoliyati, ekspertlarning ishi uchun zarur bo`lgan statistik ma`lumotlarni o`z vaqtida va qulay tarzda taqdim etilishi masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

10 noyabr 2017

Joriy yilning 10 noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot bankining moliyaviy sector bo’yicha Konsultativ missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvdan ko`zlangan maqsad, O`zbekiston Respublikasi Xalqaro valyuta fondining kengaytirilgan Ma’lumotlarni tarqatishning umumiy tizimiga qo’shilishi yuzasidan erishilgan natijalar, shuningdek Missiyaning O`zbekiston Respublikasida faoliyatini davom ettirishi uchun statistik ma’lumotlarni olish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni muhokama qilish edi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi. 

2017 yil 30-31 oktabr va 1-2 noyabr kunlari  Jeneva shahrida (Shveytsariya) “Migratsiya statistikasi” mavzusida ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi.

30 oktabr va 2 noyabr 2017

2017 yil 30-31 oktabr va 1-2 noyabr kunlari “Migratsiya statistikasi” mavzusida Jeneva shahrida (Shveytsariya) ishchi sessiya va seminar bo’lib o’tdi. Mazkur ishchi sessiya va seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa bo’yicha iqtisodiy komissiyasi (BMT YIK) va Yevrostat tomonidan tashkil etildi.

Ishchi sessiya va seminarda Davlat statistika qo’mitasining Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish va tahlil etish bo`limi yetakchi mutahassisi D.Yeshniyazov ishtirok etdi.

Ishchi sessiya va seminarda BMT YIK a’zo mamlakatlari milliy statistika idoralari vakillari, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Statistika Qo’mitasi, Yevropa Statistika idorasi (Yevrostat), Moskva Davlat universiteti, BMTning Yevropa bo`yicha iqtisodiy komissiyasi statistika bo`limi, UNFPA, UNICEF, UNHCR, Jahon Savdo Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Xalqaro Migratsiya Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Ishchi sessiya va seminarda migratsiya statistikasi ma’lumotlarini shakllantirishda ma’muriy ma’lumotlar va uy xo’jaligida tanlanma kuzatuv ma’lumotlaridan foydalanishni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

7 noyabr 2017 

2017 yil 7 noyabr kuni, Davlat statistika qo`mitasida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda, ijtimoiy himoya va kambag`allik darajasini aniqlash sohasida Davlat statistika qo`mitasining o`rni hamda aholini ijtimoiy himoyalash bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirish va taqdim etilishi masalalari yuzasidan muhokamalar bo`lib o`tdi.

Shuningdek, uchrashuvda aholi turmush darajasi statistikasiga oid dolzarb yo`nalishlarda Jahon banki tomonidan texnik va uslubiy jihatdan ko`maklashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

2017 yil 16-21 аprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi O’zbekistonga tashrif buyurdi.

Joriy yilning 16-21 aprel kunlari Koreya Respublikasining statistika tashkiloti (KOSTAT)ning 5 kishidan iborat vakillari Davlat statistika qo`mitasiga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif Davlat statistika qo`mitasi va Koreya Respublikasi statistika tashkiloti (KOSTAT) o`rtasida 2011 yil 24 avgustda imzolangan “Statistika sohasida hamkorlik to`g`risidagi Anglashuv memorandumi”ga muvofiq tashkil etildi.

Tashrif davomida 17-18 aprel kunlari Davlat statistika qo`mitasida ikki tomon mutaxassislari ishtirokida bir qator seminarlar o`tkazildi. Jumladan, KOSTAT vakillari “Koreya Milliy Statistika tizimi”, “Jamoat bilan aloqa”, “aholini ro’yhatga olish va demografiya statistikasi tizimlari”, “ Xalqaro Migratsiya Statistikasi” mavzularida taqdimotlar o`tkazishib, Koreya Respublikasi tajribasi to`g`risida batafsil axborot berishdi. Shuningdek, Davlat statistika qo`mitasi vakillari Qo’mitaning faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, vazifalari bilan mehmonlarni tanishtirishdi va hamda “Fuqorolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish va aholining tabiiy harakati statistikasi”, “Inson resurslari boshqaruvi tizimi (inson resurslarini rivojlantirish, baholash), xodimlar boshqaruvi va farovonligini qo'llab-quvvatlash” va “Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlar markazi” mavzularida taqdimotlar namoyish etildi.

 19 – 21 aprel kunlari KOSTAT delegatsiyasi Samarqand va Buxoro viloyati statistika boshqarmalariga tashrif buyurishdi va Samarqand, Buxoro va Toshkent shaharlarining tarixiy obidalarini hamda diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

KOSTAT delegatsiyasining O`zbekistonga tashrifi va Davlat statistika qo`mitasi vakillari bilan uchrashuvlari juda iliq va do`stona ruhda o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi bilan Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi o`rtasida o`zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi:

Memorandum joriy yilning 5 oktyabr kuni, Ko`ksaroy qarorgohida,  Qirg`iziston Respublikasi rasmiy delegatsiyasining O`zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida, O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich va Qirg`iziston Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi Raisi Sultanov Akilbek Shakirovich tomonidan tantanali ravishda imzolandi.

Mazkur memorandum xalqaro iqtisodiy va statistika tashkilotlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda ishtirok etish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etishda, ayniqsa, statistik ma’lumot bazalarini boshqarish va statistik ma’lumotlarni to’plashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tajriba almashish, ilmiy va metodologik tadqiqotlar hamda o’zaro manfaatli loyihalarda hamkorlik qilish, har ikki mamlakatdahi iqjtimoiy-iqtisodiy holat haqidagi nashrlarni almashish, statistic kuzatuvlarni o’tkazish, statistic tizimlarni yaratish va yuritish uchun muhim bo’lgan statistik materiallar va metodologik hujjatlarni almashish hamda statistic ma’lumotni yigish, qayta ishlash va tahlil qilish bo’yicha  mutaxassislarning o’zaro tajriba almashuv tashriflarini tashkil etish kabi yo’nalishlarda keg qamrovli va samarali hamkorlikni ko’zda tutadi.

Shuningdek, memorandumda  statistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash, tenglik va o`zaro manfaatdorlik asosida ikki tomonlama hamkorlikni yanada ilgari surish maqsadlari o`z aksini topgan.

O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi (Goskomstat) bilan Koreya Respublikasi “Koreya Statistiks” (KOSTAT) o`rtasida Toshkent shaxrida 2011 yil 24 avgust kuni imzolangan statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi doirasida 2011-2015 yillarda quyidagi ikkitomonlama uchrashuvlar amalga oshirilgan:

05.09-09.09.2016y. Goskomstat vakillarining KOSTAT va Goskomstatda metama’lumotlar almashinuvi standartlari, aholi bandligi va mehnat statistikasi, ma'muriy ma'lumotlarni yig’ish va ulardan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi  KOSTATga tashrifi.

Tashrif chog'ida tomonlar yuqorida keltirilgan mavzularda, shuningdek Goskomstat va KOSTATning statistik tizimlari to’g’risida prezentatsiyalar namoish qilishdi. Prezentatsiya chog’ida ishtirokchilar KOSTATning tashkiliy tuzilishi, tarixi, asosiy vazifalari, ko'rsatkichlari va xalqaro hamkorligining ustuvor yo’nalishlari bilan tanishishdi. Shuningdek xar bir prezentatsiyadan so’ng  munozaralar bo'lib o'tdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Goskomstat vakillari  Tedjon shaxridagi statistika rivojlanishi tarixiga bag'ishlangan ko'rgazma zaliga tashrif buyurishdi. Shuningdek, Dongnam (Busan) hududiy  statistika boshqarmasiga tashrif uyushtirildi. Dongnam hududiy  statistika boshqarmasi direktori va xodimlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Narx statistikasi kuzatuvi bo’yicha videorolik va presentatsiya namoyish etildi.

30.11 - 04.12.2015y. Goskomstat vakillarining qishloq xo`jaligi va baliqchilik soxasida ro`yxatga olish kuzatuvlari bilan tanishish maqsadida o`tkazilgan treningda qatnashish uchun KOSTATga tashrifi.

Treningning asosiy maqsadi Goskomstat vakillarini Koreyaning qishloq xo`jalik va baliqchilik sohasida kuzatuvlarini o`tkazilish tartibi, ma`lumotlarni yig`ish usullari, kuzatuv natijalarini umumlashtirish va shakllantirish tartibi bilan tanishtirish hamda shu yo`nalishdagi tajribalar bilan o`zaro almashish edi.

Tashrif mobaynida Goskomstat vakillari Busan, Sejon, Xion Doy, Dongnam va Seul shaharlaridagi xududiy statistik boshqarmalari faoliyati bilan hamda qishloq xo`jaligi va baliqchilik sohasida statistik kuzatuvini tashkillashtirish, olingan ma`lumotlarni tahlil qilish, ma`lumotlarni dasturiy ta`minotga kiritish jarayoni bilan tanishib chiqishdi.

Tashrif dasturiga asosan, Goskomstat vakillari Gijang markaziy boshqarmasiga va axborot markaziga hamda qator fermer va uy xo`jaliklariga tashrif uyushtirishdi.

26.04 - 01.05.2015у. KOSTAT vakillarining O`zbekiston va Koreyaning aholi sonini xisoblashning amaldagi metodikasi bilan tanishish, aholini ro`yxatga olish, qishloq xo`jaligini ro`yxatga olishni tashkillashtirish masalalari bo`yicha Goskomstatga uyushtirgan tashrifi.

Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida Goskomstat tomonidan O`zbekiston Respublikasi aholi sonini amaldagi ro`yxatga olish metodikasi, 2011 yilgi aholi sonini tanlanma kuzatuvini tashkillashtirish va o`tkazilish jarayoni, O`zbekistonda qishloq xo`jaligi statistikasi bilan bog`liq masalalarga izox berildi.

KOSTAT vakillari Koreyada muntazam o`tkaziladigan aholini va qishloq xo`jaligini ro`yxatga olinishi to`g`risida prezentatsiyalarini namoyish qilishdi.

Tashrif doirasida KOSTAT vakillarini Samarqand viloyati statistika boshqarmasiga tashrifi tashkillashtirildi.

25.05 - 01.06.2014y. Goskomstat vakillarining statistik ma`lumotlarni tarqatish jarayonida ma`lumotlarni vizuallashtirish, statistik tizimni yaxshilash borasida Koreya strategiyasini o`rganish, uy xo`jaliklari daromad va harajatlari kuzatuvi jarayonida elektron kundalikdan foydalanish sohalarida tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.

Uchrashuv davomida Goskomstat amaliyotida qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq xo`jaligi maxsulotlari narxlari bo`yicha statistik kuzatuvlarni tashkillashtirish borasida fikrlar almashinuvi bo`lib o`tdi. Goskomstat vakillari Koreyaning qishloq xo`jaligi statistikasi va guruch yetishtirish kuzatuvini tashkillashtirish tartibi bilan tanishib chiqishdi.

Uchrashuv doirasida Goskomstat vakillari Dong-nam xududiy statistik boshqarmasi faoliyati bilan tanishishdi.

17.09 - 20.09.2013y. KOSTAT vakillarining ishchi kuchi kuzatuvlarini internetdan foydalangan holda tashkillashtirish, uy xo`jaligi daromad/xarajatlari kuzatuvlarida, uy xo`jaligi turmush darajasi kuzatuvlarida va moliyaviy kuzatuvlarida elektron jurnaldan foydalanish bo`yicha tajriba almashish borasida Goskomstatga tashrifi.

KOSTAT vakillari O`zbekiston Respublikasida ijtimoiy statistikani qamrab oluvchi sohalar, ularning statistik kuzatuv usullari, statistik kuzatuvlar jarayonida, statistik ma`lumotlarning davriyligini shakllantirishda Goskomstat tomonidan foydalaniladigan statistik hisobot turlari, statistik nashrlar va foydalanuvchilar turlari bilan qisqacha tanishib chiqishdi. Shuningdek, uchrashuv doirasida yuqorida ko`rsatilgan mavzularda namoyish etilgan prezentatsiyalar bo`yicha qiziqtirgan savollar muxokama qilindi.

KOSTAT delegatsiyasi 19-20 sentyabr kunlari tashrif dasturiga binoan Samarqand viloyat statistikasiga tashrif buyurib, Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.

18.06 – 22.06.2012 y. Goskomstat vakillarining milliy statistika tizimlarining tuzilishi va faoliyati bo`yicha tajriba almashish borasidagi KOSTATga tashrifi.

19 dan 21 iyunga qadar Tedjon va Sunchen shaharlarida O`zbekiston va Koreya statistika vakillarining statistik tizimni muvofiqlashtirish va strategik rejalashtirish, sifat tizimini joriy qilish, statistika tizimida Internet-texnologiyalarni amaliyotda qo`llanishini tashkil etish bilan bog`liq masalalarda muzokaralar bo`lib o`tdi.

Tashrif doirasida tomonlarning tegishli taqdimotlari namoyish etildi.

Shuningdek Goskomstat vakillari KOSTATning hududiy boshqarmalari faoliyati, ularning statistik ma`lumotlarni yig`ish va qayta ishlashda foydalanadigan texnologiyalari bilan tanishib chiqishdi.

22.08 - 26.08.2011 y. KOSTAT vakillarining Anglashuv Memorandumini imzolash, davlatlarning milliy statitika tizimlari bilan o`zaro tanishuvi borasidagi Goskomstatga tashrifi.

2011 yil 24 avgust kuni Goskomstat va KOSTAT o`rtasida statistika sohasida hamkorlik to`g`risida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

Ikki tomonlama uchrashuv mobaynida KOSTAT delegatsiyasi O`zbekiston Respublikasi statistika tizimi va davlat statistikasi rivojlanishining yakin istiqboldagi asosiy yo`nalishlari bilan tanishishdi. Tomonlar, shuningdek, statistika sohasidagi hamkorlik mavzusida muzokaralar o`tkazishdi.

Uchrashuv mobaynida KOSTAT vakillari Samarqand viloyat statistika boshqarmasiga tashrif buyurishdi hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylarini ko`zdan kechirishdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech
Tugmani bosing Tinglash GSpeech