So'nggi yangiliklar

Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 27 960,7 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 % ga yuqoridir.

Joriy yilning 4-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida 7-avgustdan 25- avgustgacha belgilangan Toshkent shahrida uy xo‘jaligi xarajatlarining tanlama kuzatuvini o'tqazish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 4-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 241,3 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,5 martaga oshgan.

 Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Mirzo Ulug‘bek tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari davomida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha umumiy foydalanishdagi magistral temir yoʻl transporti orqali jami 36,3 mln. tonna asosiy turdagi yuklar joʻnatilgan boʻlib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan yuk joʻnatish hajmi 0,3 mln. tonnaga oʻsishi kuzatildi.

Respublikamizda 2023-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 67 220 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 98 614 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

TOSHKENT SHAHRI BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI ENG YUQORI ULUSHGA EGA BOʻLGAN DAVLATLAR (2023- yil yanvar-iyun oylari, mln.AQSh dollari)

Bugungi kunda Toshkent shahrida 11,5 mingta sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida faoliyatko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 8150 mingbirlikni tashkil etdi.

Bino va inshootlarni qurish bo‘yicha qurilish ishlari tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 20,8 % ni tashkil etib, 2022- yil yanvar-Iyundagi ko‘rsatkichga nisbatan 11,8 % punktga kamaydi.

2023- yil 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotganlari soni jami 82951 tani, shundan yangi tashkil etilganlari 8210 tani tashkil etdi.

2023- yilning yanvar - iyun oylarida qayd etilgan o‘lim holatining 57,2 % i – qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 15,0 % i – o‘simtalardan, 6,4 % i – nafas olish a’zolari kasalliklaridan, 4,3 % i – baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,2 % i – ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklaridan, 3,2 % i – yuqumli va parazitar kasalliklardan, 8,7 % i boshqa kasalliklardan vafot etganlar.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 546 ta bo‘lib, ular 2019-yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,7 barobarga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari soni 41 849 ta bo‘lib, jami tadbirkorlik subyektlarining 7,0 %ini (soni 599 644 ta) tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahrida jami 16,3 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahri aholi jon boshiga umumiy daromadlari 22,1 mln. so‘mni tashkil etdi.