So'nggi yangiliklar

Joriy davrda 11 058,1 mlrd. so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, korxona, tashkilot va aholining o‘z mablag‘lari hisobidan 6 105,1 mlrd. so‘m...

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-may oylarida ichimlik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 9,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 19,7 % ga oshgan.

2023- yilning yanvar-martida Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot (keyingi o‘rinlarda – YAHM) hajmi joriy narxlarda 37 291,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va...

Joriy yilning 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlantirish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan hayvonot bogʻlarida mavjud hayvonot dunyosi turlari soni jami 649 tani tashkil etib, ushbu hayvonot dunyosi turlarining hududlar boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan o‘quvchilar sonining ta’lim turlari bo‘yicha taqsimlanishi (2022/2023- o‘quv yili boshiga, ming kishi)

Mamalakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish, aholi to‘g‘risida to‘la va ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O’RQ- 611-sonli qonuni qabul qilindi.

Joriy yilning 20-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi” bo‘limi boshlig‘i B.Mirzaulug‘ov va tumani statistika bo‘limi xodimi ishtirokida Chilonzor tumanida nooziq-ovqat mahsulotlarini sotuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi.

2023- yilning yanvar - may oylari davomida ishlab chiqaradigan sanoatda 1923,1 tonna makaron va shunga o‘xshash un mahsulotlari (48,2 % ga oshgan), 13,6 ming tonna mis sim (32,1 %), 524,7 tonna osh tuzi (74,9 % ga oshgan) hamda 8,7 ming tonna mashina yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj matolari (42,9 %) ishlab chiqarilganligi kuzatildi.

Joriy yil 20-iyun kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi B. Xoliqov va Yashnobod tumani statistika bo‘limi xodimi tomonidan Yashnobod tumanida Yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan 4-savdo (YaTT) choraklik tanlanma kuzatuvlari olib borildi.

Toshkent shahrida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Chilonzor tumani 17,9 % bilan 5 165,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahrida joriy yilning yanvar-may oylarida 1 980,7 mln.AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2022- yilning mos davriga nisbatan 15,5 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilindi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangicha - "Mahallabay" va "Fuqarobay" tizimi asosida xalq bilan muloqot qilish, ish tashkil etish, joylardagi muammolarni oʻrganish hamda ularning yechimini topish, avvalo, aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Bu jarayonda vazirlik va idoralar bilan bir qatorda Statistika agentligi ham faol ishtirok etmoqda.

 2023-yilning 1-may holatiga koʻra, axborot va aloqa faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona va tashkilotlar soni 10 196 taga yetdi. Shundan 9 817 tasi (umumiy sonining 96,3 %) kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.

Toshkent shahrida yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 2023 - yil 1 - iyun holatiga ko‘ra 2022 - yilning mos davriga nisbatan 756 taga kamaygan.

Toshkent shahrining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil yanvar- may oylari holatiga 3 418,3 mln,AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport – 806,6 mln,AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import – 2 611,7 mln,AQSh dollari qiymatida qayd etildi.

Toshkent shahrida elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 1,4 trln. so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 3,3 % ini) tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2019-yilning yanvar-may oylariga nisbatan 2023-yilning yanvar-may oylarida savdo xizmatlari hajmi 23 224,9 mlrd. so‘mga oshib, 11 032,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi.