So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 402,1 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,1 % ga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 69,5 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida sartaroshxona va go‘zallik salonlari tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 3 893,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yil yanvar-iyuliga nisbatan o‘sish sur’ati 105,2 % darajasida qayd etildi.

Toshkent  shahrida 2023-yil yanvar-iyun oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi 77,0 %ni tashkil etdi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining qurilishi ishlari umumiy hajmidagi ulushi o‘tgan yillarning tegishli davrida:

Joriy yilning 28-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i K.Djalilov va boshqarma xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Joriy yilning 28-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i K.Djalilov va boshqarma xodimlari tomonidan Uchtepa tumanida shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida 2 762,2 mln.AQSh dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi (2022- yilning mos davriga nisbatan 9,8 % ga ko‘paydi) tovar va xizmatlar eksport qilindi.

2023-yilning 1-avgust holatiga xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 12 771 ta bo‘lib, ularning eng yuqori soni quydagi davlatlarga to‘g‘ri kelmoqda:  

Hududlar kesimida qurilish ishlari 2023- yil yanvar-iyul oylarida

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 7,3 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,9 martaga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 2,0 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

2023- yil 1- iyul holatiga faoliyat yuritayotganlari soni jami 82951 tani, shundan yangi tashkil etilganlari 8210 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar - iyun oylarida Toshkent shahrining barcha tumanlarida joylashgan dehqon bozorlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

TOSHKENT SHAHRINING YIRIK HAMKOR DAVLATLAR BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI DINAMIKASI (2023 yil yanvar-iyul oylari mln,AQSh dollari)

Tumanlar kesimda eng ko‘p kichik biznes subyektlari Chilonzor tumani (10,9 foiz), Yunusobod tumani (11,2 foiz), Mirzo Ulug‘bek tumani (12,9 foiz), Olmazor tumani (10,9 foiz) va Shayxontohur tumani (10,3 foiz) da faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-iyul oylarida oziqovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 13,0 % ni, uning fizik hajm indeksi esa 122,3 % ni tashkil etgan bo‘lsa.

Toshkent shahar statistika boshqarmasida joriy yilning 26-avgust kuni boshqarma xodimlari tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda olib boridi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 3 680,4 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Joriy yilning 25-avgust kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 dekabrdagi 340-son qarorining 4-bandi ijrosini ta’minlash yuzasidan  yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2023 - yil 1- avgust holatiga ko‘ra noshirlik faoliyati, kino-videofilmlar, televizion dasturlar, fonogrammalar va musiqali yozuvlarni ishlab chiqish yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni axborot aloqa sohasining 25,9 foizini tashkil etdi.