So'nggi yangiliklar

2023- yil 1- fevral holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 503 804 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, 2019- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 barobarga oshgan. Ular sonining so’nggi yillardagi o‘sish dinamikasi quyidagicha:

2023-yilning dastlabki oyida dorivorlar, oshpazlik ziravorlari va urugʻlari narxlarida 0,1 % ga oʻsish kuzatildi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAIMdagi ulushi 51,8 % ni tashkil etdi. Jizzax viloyatida kichik tadbirkorlik subyektlarining YAHMdagi ulushi eng ko‘p bo‘lib,  78,4 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar oyida kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 988,6 mlrd. so‘m ishlar bajarilib,  jami yangi qurilish ishlaridagi ulushi  60,3 % ni tashkil etdi.

 

1 mart -Oʻzbekiston   xalq shoirasi  Zulfiya tavallud topgan kun

Yig‘ilishda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi lokal tarmog‘idan (402-3 kompter) Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga (LexUZ – huquqiy izlash tizimi (www.lex.uz)) yangi kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlarni olish va Toshkent shahar statistika boshqarmasining lokal tarmog‘iga (1193-sonli kompyuter) joylashtirish hamda matbuotda e’lon qilingan qonunlarni doimiy o‘rganishni tashkil etish bo‘yicha Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov tomonidan yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar haqida qisqacha ma’lumoti tinglandi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida navbatdagi “huquqiy savodxonlik” soati yuzasidan boshqarma tarmoq bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

2023- yilning yanvar oyida bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurish bo‘yicha bajarildi. Jami qurilish ishlarining   65,8 % i yoki 3 296,7 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obektlarni  yaratishga qaratildi.

Joriy yilning 24-fevral kuni Mirobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i K.Jamolov hamda mutaxassislar tomonidan navbatdagi 4-TJ (turar joy) foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.

Toshkent shahrida suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 0,1 trln.so‘mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 0,9 % ini) tashkil etdi.

2022- yilning yanvar-dekabrida  kichik tadbirkorlik subyektlarining qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 347 222,0  mlrd. so‘mni tashkil etdi, shundan eng ko‘pi  dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaligi xissasiga to‘g‘ri kelib  222 069,6  mlrd. so‘mni, kichik korxonalar va mikrofirmalar esa  125 152,4 mlrd. so‘mni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p kuzatuvida ishtirok etgan kichik korxona va mikrofirmalar Yunusobod 443 ta, Chilonzor 442 ta, Olmazor 366 ta, Yakkasaroy 364 ta, Mirzo-Ulug‘bek 418 ta, Mirobod 315 ta tumanlari hissasiga to‘g‘ri keldi.

2023-yilning 1-fevral holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning soni 35 065 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlar ulushining 6,7 foizini  tashkil etdi va so’nggi yillarda ushbu  korxonalarning o‘sib borishi quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 667,3 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish boʻyicha 2021-yilning tegishli davriga nisbatan oʻsish surʼati 107,7 % ni tashkil etdi. 2022-yilning dekabr oyida yirik korxonalar tomonidan 124,9 tonna mayonez ishlab chiqarildi.

 

Toshkent shahrida 2022- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 49 886,4 mlrd. so‘mni yoki umumiy chakana savdo tovar aylanmasining 60,8 % ini tashkil etib, 2021- yil yanvar-dekabr oylariga nisbatan 5,2 % ga kamayganligi kuzatildi.

Toshkent shahrida norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi 14,4 % ni tashkil etib, 248,6 mlrd. so‘m miqdorida qayd etilib, 2022-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 83,8 % ni tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning soni 1 383 ta bo‘lib, tumanlar kesimida taqsimlanganda ularni jamiga nisbatan ulushi Chilonzor – (12,4 %), Yunusobod – (13,2 %), Mirzo Ulug‘bek –(11,6 %), Shayxontohur – (8,6 %), Yashnobod – (8,6 %), Olmazor – (10,4 %), Yakkasaroy – (7,8 %), Mirobod – (7,8 %), Uchtepa – ( 6,7 %), Sirg‘ali –(6,0%), Yangihayot (3,9 %) hamda Bektemir – (3,0 %) tumanlarida tashkil etgan.

2022-yilning yanvar-dekabr oylari yakuniga koʻra transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 51,0 % ni tashkil etdi. Transport xizmatlarida havo transporti orqali koʻrsatilgan yuk va yoʻlovchilarni tashish boʻyicha xizmatlarning ulushi 14,2 %.