So'nggi yangiliklar

2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda statistika tizimini rivojlantirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan alohida vazifalar berilgan edi.

2023-yilning 1-aprel holatiga Toshkent shahri boʻyicha jami doimiy aholi soni 2978,9 ming kishini tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga koʻpaydi.

2023- yilning 22-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Mariya Manchyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 324,2 ming tonna chaqiq tosh ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 40,2 % ga oshgan. 

2023-yilning yanvar-aprel oylarida axborot va aloqa sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1 046 ta bo‘lib, ular 2022- yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,2 barobarga oshgan. So‘nggi yillarning mos davrida ushbu sohada yangi tashkil etilgan korxonalarning soni quyidagicha:

2023 - yil 1 - may holatiga ko‘ra, faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 8,5 mingtani tashkil qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 308,2 ming tonna suyultirilgan propan va butan ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,9 % ga oshgan.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022-yilning yanvar-aprel oylarida metallurgiya sanoati ulushi 10,3 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 24,8 ga ko‘paygan bo‘lsa, 2023 yilning yanvar-aprel oylari yakunlariga ko‘ra, metallurgiya sanoatining ulushi 15,2 % gacha ko‘tarilib, fizik hajm indeksi esa, 114,2 % va ishlab chiqarish hajmi 3 849,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ma’lumot uchun: Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlarining asosiy qismi qurilish, turar joy va yashash uchun mo‘ljallangan hamda yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar qurish bo‘yicha amalga oshirilgan qurilish ishlaridan tashkil topdi.

2020–2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasi doirasida milliy statistika tizimiga sifatni boshqarishning ilg‘or tizimlarini joriy etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

2023-yilning 1- may  holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 76 236 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 6,4 foizini tashkil etdi. Shundan 75 357 tasi kichik biznes subyektlaridir. Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:

2023- yilning 1- may holatiga respublikamizda jami 36 009 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ulardan 1 666 tasi joriy yilning yanvar-aprel oylarida yangi tashkil etildi.

 

2023 yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 10 207,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o‘sdi.

Yurtimizda hayvonot bogʻlarida jami 18 652 turdagi hayvonot dunyosi namunalari va nusxalari mavjud boʻlib, ushbu mavjudotlarning turlar boʻyicha taqsimlanishi quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-aprel oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 504,6 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 32,0 % ga oshgan. 

Toshkent shahrida sanoatning asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘i (9 583,3 ming so‘m), elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash (7 480,4 ming so‘m) hamda ishlab chiqarish sanoati (5 431,9 ming so‘m)da kuzatildi.

2023- yil yanvar-mart oylarida Toshkent shahar bo‘yicha doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelganlar jami soni 22112 kishini tashkil etdi.

2022 - yilning yanvar - aprel oylari yakunlariga ko‘ra, koks va neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 0,3 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 32,6 % ni tashkil etgan.