18/09/2023

Tarixiy manbalardan ma’lumki, aholini ilk ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan. Bundan asosiy maqsad odamlardan soliq yig‘ish, boj olish hamda harbiy safarbarlik uchun ularning sonini aniqlash bo‘lgan. Shu boisdan ro‘yxatga olishda asosan erkaklar e’tibor qaratilgan.
Aholini eng birinchi rasmiy ro‘yxatga olish 1790 yilda AQShda, keyinchalik 1800 yilda Shvetsiya va Finlyandiyada, 1801yilda Angliya, Daniya, Norvegiya va Fransiyada o‘tkazilgan. Ammo bu aholi ro‘yxatlari juda oddiy shaklda hamda uzoq muddatga cho‘zilgan. Masalan, AQShda ilk aholini ro‘yxatga olish ishlari 18 oy davomida olib borilgan.
Manbalarda keltirilishicha, O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda Turkiston general-gubernatorligi tomonidan o‘tkazilgan. Bu boradagi ma’lumotlar XIX asr oxirida O‘zbekistonda mavjud oilalar (va aholi) soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlar haqida tassavvur hosil qilishga yordam bergan. O‘zbekiston hududida keyinchalik 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish ishlari tashkil etilgan.
Ko‘pgina mamlakatlarda aholini ro‘yxatga olish qonun bilan tartibga solingan. Masalan, Buyuk Britaniyada 1920 yilda «Qo‘shma qirollikda aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida«gi qonuni qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasida ham 2020 yil 16 mart kuni “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi.
Endilikda O‘zbektstonda ham 10 yilda kamida bir marta aholini Qonunda, shuningdek, aholini ro‘yxatga olish sohasida davlat organlari vakolatlari, respondent va ro‘yxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari ham tartibga solingan. Aholini ro‘yxatga olish dasturi yoshi, millati, tillarni bilishi, ma’lumoti, yashash sharoitlari, yashash uchun mablag‘lar manbalari va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi. So‘rov davlat tilida olib boriladi.

13-aholi-soni

Axborot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech