23/10/2025

23-oktabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — 2026-yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” jarayoni haqida aholining xabardorligini oshirish hamda fuqarolar uchun ochiq muloqot maydonini yaratishdan iborat bo‘ldi.

Ishtirokchilarga ro‘yxatga olishning mohiyati, uning jamiyat va iqtisodiyot uchun ahamiyati, shuningdek, ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng qamrovli ma’lumotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida boshqarma mutaxassislari bilan savol-javoblar o‘tkazildi, ro‘yxatga olish jarayonining amaliy ko‘rinishi namoyish qilindi. Bu esa tashrif buyurganlarga jarayon bosqichlari hamda unda qo‘llanilayotgan yangi texnologiyalar haqida yanada aniqroq tasavvur hosil qilish imkonini berdi.

 photo82025-10-2415-26-42

photo42025-10-2415-26-42

photo52025-10-2415-26-42

 

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech