01/05/2026

Joriy yilning 1-may sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.03.2026-yildagi “Respublika va mahalliy ijro eguvchi hokimiyat organlari faoliyatida ish jarayonlarini raqamlashtirish doirasida qogʻozdan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 109-son qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori mazmun-mohiyati haqida xodimlarga tushuncha berdi.  

Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatida qogʻozsiz ish yuritishga oʻtish jarayonini jadallashtirish va elektron hujjat aylanish samaradorligini yanada oshirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.     

Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari ushbu qaror bilan Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:

  1. a) 2026-yil 1-mayga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qogʻozsiz ish yuritishga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqib, Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlashi belgilanganligini:

barcha ichki xizmat yozishmalari, buyruqlar, yigʻilish bayonlari va hisobotlarni toʻliq elektron shaklda yuritish;

printerlarni ikki tomonlama chop etish rejimida ishlatish boʻyicha majburiy talabni joriy qilish;

qayta ishlangan qogʻoz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan keng foydalanish;

  1. b) 2026-yil 1-iyunga qadar:

ishlatilgan qogʻozlarni yigʻish uchun maxsus chiqindi quti (konteyner)larini tashkil etsin va ularni qayta ishlash korxonalariga yetkazish tizimini yoʻlga qoʻyish;

har bir tarkibiy boʻlinmadagi xodimlar soni, ish hajmi va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda, qogʻoz sarfi uchun cheklov joriy qilinishi belgilanganligini aytib o`tdi.

Bundan tashqari, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov tomonidan mazkur qarorga muvogiq 2026-yil 1-maydan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida quyidagilar belgilanganligini aytib o`tdi, xususan:

kelgusi besh yil davomida xarajatlar smetasini tuzish jarayonida qogʻoz, siyoh, printer va nusxa koʻchirish uskunalarini xarid qilish xarajatlari miqdori har yili 15 foizga kamaytirilgan holda rejalashtiriladi;

printerlardan markazlashgan holda umumiy foydalanish tizimi joriy qilinadi. Bunda umumiy foydalanishdagi ochiq ofisda (open space) faoliyat yurituvchi har 20 nafar xodim uchun 1 dona printer ajratiladi va ularga hisob identifikatorlari oʻrnatilib, har bir xodim kesimida qogʻoz sarfining hisobi yuritib boriladi;

qogʻozsiz ish yuritish respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash mezonlaridan biri hisoblanadi. Bunda ushbu koʻrsatkich har oy yakuni boʻyicha tahlil qilinib, xodimlarning shaxsiy ustamalarini belgilashda inobatga olinadi;

har oyda bir marotaba “Qogʻozsiz bir kun” ekoaksiyasi oʻtkaziladi hamda ushbu kun davomida respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan hujjatlar toʻliq elektron shaklda yuritiladi;

idoraviy arxivlardagi hujjatlarni toʻliq raqamlashtirish orqali davlat arxiviga elektron shaklda topshirish va qabul qilish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech