26/05/2026

Joriy yilning 26-may sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.05.2026-yildagi “2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.     

Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarori mazmun-mohiyati haqida xodimlarga tushuncha berdi.  

Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, 2030-yilgacha boʻlgan davrda Oʻzbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasiga muvofiq atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish sohasida davlat nazoratini hamda atrof-muhitning ekologik monitoringi tizimini takomillashtirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.     

Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qaror bilan 2026 — 2030-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligi, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari mazkur qaror hamda Dasturda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlashi zarurligi belgilanganligi haqida aytib o`tdi.

Bundan tashqari, mazkur qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga quyidagi topshiriqlar berildi, xususan,

vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining tasdiqlangan Dasturda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish boʻyicha faoliyati muvofiqlashtirilish;

atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar umumlashtirilishi va chuqur tahlil qilinishini, shuningdek, har yili atrof tabiiy muhit holati toʻgʻrisida byulleten va har uch yilda Oʻzbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit holati va tabiiy resurslardan foydalanish toʻgʻrisidagi milliy maʼruza nashr etish;

atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda atrof-muhit monitoringini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan oʻzaro hamkorlik rivojlantirish;

har yili Dastur doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning natijalari toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumot aholiga yetkazilishini va jamoatchilik eshituvlari oʻtkazilish;

Dastur tadbirlari ijrosi haqida yarim yillik va yil yakunlari boʻyicha umumlashtirilgan hisobot Vazirlar Mahkamasiga kiritib borilishini taʼminlash.

Shuningdek, atrof tabiiy muhitning davlat monitoringini amalga oshirish vazifasi yuklangan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi natijalarini avtomatik uzatish uchun 2026-yil 1-iyulga qadar idoraviy elektron axborot maʼlumotlar bazasini Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining axborot tizimlariga integratsiya qilish ishlarini yakunlash belgilanganligi haqida ham aytib o`tilde.

Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech