Joriy yilning 5-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.05.2026-yildagi “Sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-201-son qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori mazmun-mohiyati haqida xodimlarga tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu buyruqning maqsadi hududlarda bahor-yoz mavsumidagi sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, shuningdek, qoʻshimcha yer maydonlarini oʻzlashtirish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish koʻlamini yanada oshirishekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur buyruqda quyidagilar sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanishni taʼminlashning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilanganligi aytib oʻtildi, xususan,
(a) 2027-yildan boshlab respublika hududlarida 5 ta sel-suv omborlarini qurish;
(b) sel-suv omborlarini qurish hisobiga:
(i) Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yer maydonlarining suv taʼminotini yaxshilash;
(ii) Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toshkent viloyatida 300 gektar yangi yerlarni oʻzlashtirish.
Bundan tashqari, Suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar hokimliklari, “Agrobank” ATB hamda Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida ilmiy tavsiya va xulosalar asosida respublika boʻyicha kichik suv zaxiralarini barpo qilish imkoniyati mavjud boʻlgan 60 ta hudud aniqlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinib, 2027 — 2030-yillarda quriladigan sel-suv omborlarining manzilli dasturi qaror ilovasiga muvofiq tasdiqlandi hamda Suv xoʻjaligi vazirligiga Dastur doirasida:
(a) loyiha-qidiruv ishlarini sifatli tashkil etib, loyihalashtirishda texnik yechimlar xalqaro tajriba va ilmiy yondashuv asosida aniqlanishini taʼminlash;
(b) qurilish ishlarini qurilish hududi yon-atrofida yashovchi aholining xavfsizligini taʼminlagan holda zamonaviy talablar asosida tashkil etishi belgilanganligi aytib o`tildi.
Shuningdek, sel-suv omborlari Suv xoʻjaligi vazirligi tizimidagi foydalanuvchi tashkilotlar balansiga begʻaraz topshirilishini inobatga olgan holda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimda quyidagilar koʻzda tutilishi belgilanganligi haqida tushuncha berib o`tildi:
(a) sel-suv omborlari xususiy sherik hisobidan quriladi hamda xususiy sherik uchun quyidagilarga ruxsat beriladi:
(i) sel-suv omborlari himoya zonalarida belgilangan tartibda tasdiqlangan master reja asosida turistik-rekreatsion zonalarni tashkil etishga.
Bunda ushbu hududlar 49 yilga keyinchalik uzaytirish sharti bilan foydalanish uchun toʻlovsiz asosda beriladi;
(ii) sel-suv omborlari suv havzasida baliqchilik xoʻjaligini tashkil etishga hamda inshootlar xavfsizligiga taʼsir qilmaydigan boshqa daromad keltiruvchi faoliyat bilan shugʻullanishga;
(b) davlat sherigi sifatida sel-suv omborlarini ekspluatatsiya qilish hamda ulardagi suv resurslarini boshqarish Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.



