26/06/2026

Joriy yilning 26-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.06.2026-yildagi “Ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat korxonalarida autsorsing xizmatlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 306-sonli qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.   

Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni ijrosini taʼminlash ekanligi haqida aytib o‘tdi.    

Shuningdek, mazkur qarorqa muvofiq 2026-yil 1-sentabrdan boshlab davlat xaridlari elektron tizimlarida Autsorsing xizmatlarini tashkil etish boʻyicha maxsus sahifa ishga tushirilishi, ijro etuvchi hokimiyat organlarining birinchi rahbarlari autsorsingga oʻtkazilgan funksiyalarning amalga oshirilishi ustidan nazoratni toʻliq taʼminlash boʻyicha shaxsan javobgar etib belgilanganligi haqida aytib o`tildi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari muntazam ravishda autsorsingga oʻtkazilgan funksiyalarning ijrosi samaradorligini oshirish boʻyicha autsorserlarga uslubiy yordam koʻrsatib borishi, autsorsing tizimiga oʻtish munosabati bilan iqtisod qilingan mablagʻlar, birinchi navbatda, ijro etuvchi hokimiyat organlarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga yoʻnaltirilishi belgilanganligi ham aytib o`tildi.

Bundan tashqari, boshligʻi o‘rinbosari mazkur qarorga muvofiq autsorsing xizmatlaridan foydalanuvchi ijro etuvchi hokimiyat organlari autsorsing xizmatlari joriy etilishi munosabati bilan boʻshatilgan shtat birliklarini qisqartirish boʻyicha choralar koʻrshi belgilanganligi, ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari 2026-yil 1-sentabrdan boshlab oʻzlari rahbarlik qilayotgan tashkilotlar tomonidan maxsus sahifa orqali autsorsing xizmatlari boʻyicha davlat xaridlari amalga oshirilishini taʼminlashi, mazkur qaror qabul qilingan kundan boshlab, yangi autsorsing xizmatlarining barchasi mazkur qaror talablari asosida tuzilishi, mazkur qaror kuchga kirgunga qadar tuzilgan autsorsing xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha shartnomalar, agar ularda oʻzgacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar yoxud qonunchilikda belgilangan tartibda oʻzgartirilgunga yoki bekor qilingunga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi nazarda tutilganligi haquda qo`shimcha ma`lumot berib o`tdi.

Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech