Joriy yilning 15-may sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.05.2026-yildagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-178-son qarorining mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarori mazmun-mohiyati haqida xodimlarga tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov ushbu qarorning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-maydagi “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohalarida yagona davlat boshqaruvi va nazorat tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-84-son Farmoni ijrosini taʼminlash ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qaror bilan,
(a) Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining yagona tizimini bosqichma-bosqich joriy qilish hamda sohada islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlanganligini, Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish va sohadagi islohotlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi guruh 3-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilganligini, Ishchi guruh 2026-yil 1-avgustga qadar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, fitosanitariya va veterinariya sohasi faoliyati bilan bogʻliq mol-mulkni xatlovdan oʻtkazib, Qoʻmitaga berilishi bilan bogʻliq barcha chora-tadbirlarning amalga oshirishni tashkil etishi belgilanganligi haqida aytib o`tdi.
Bundan tashqari, Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari mazkur qarorda quyidagilar belgilanganligini alohida ta`kidlab o`tdi, xususan
(a) Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rais rahbarlik qiladi;
(b) Qoʻmita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Bosh vaziriga boʻysunadi va hisobdordir;
(v) Qoʻmita raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan 5 nafar oʻrinbosar, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi;
(g) Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish shartlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
(d) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bosh boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar) boshliqlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
(j) Qoʻmitaning tizim tashkilotlari rahbarlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
(z) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida nazoratni amalga oshiradigan xodimlarning formali kiyim-bosh va farqlash belgilarini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
(i) oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasida xalqaro grant loyihalari va texnik koʻmak dasturlari Qoʻmita bilan hamkorlikda ishlab chiqiladi, kelishiladi, muvofiqlashtiriladi, monitoring qilinadi hamda amalga oshiriladi.
Seminar yakunida Boshqarma bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.



