O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Shu doirada Chilonzor tumanidagi mahalla yettiligi xodimlari uchun o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish jarayonlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berilmoqda. Ushbu o‘quv mashg‘ulotlari ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali va sifatli tashkil etishga qaratilgan.
Shuningdek, ishchi guruhlar tomonidan mahallalarda sinov tariqasida xatlov ishlari olib borilib, amaliy tajriba oshirilmoqda.






