Joriy yilning 26- yanvar sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha seminar bo`lib o`tdi, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi”gi Qonuni mazmun mohiyati qarori mazmun-mohiyatini boshqarma tarmoq bo‘limlari va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqgan L.Mirsoatovning ta’kidlashicha: Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi”gi qonunning maqsadi Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilishi haqida so‘zlandi. “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, nizomga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin. O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, davlat organining ichki idoraviy hujjatlari hamda nizom talablariga muvofiq bo‘lishi;
sovg‘a uni beruvchi tomonidan aniq bir xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan ixtiyoriy taqdim etilgan bo‘lishi;
davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan ochiq va oshkora qabul qilinishi;
davlat organining obro‘siga (nufuziga) putur yetkazmasligi;
manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmasligi, xususan davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatida xolis qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan majburiyatni yuzaga keltirmasligi lozim.
Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.
Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 million so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.
Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.
Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg‘alar (gul, shirinliklar), shuningdek, kanselyariya to‘plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg‘alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi. Mazkur nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, boshqarma tarmoq bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati