16/02/2024

   Joriy yilning 16- fevral sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha seminar bo`lib o`tdi, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, 2022-yil 8-avgustdagi O‘RQ-788-son “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi”gi Qonuni yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PQ-240-son Qarorining  mazmun mohiyati qarori mazmun-mohiyatini  boshqarma tarmoq bo‘limlari va  tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

2

   Yig‘ilishda so‘zga chiqgan L.Mirsoatovning ta’kidlashicha: Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi”gi qonunning maqsadi Davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi hamda Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestriga kiritilgan lavozimlardagi davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyatiga nisbatan tatbiq etilishi haqida so‘zlandi. “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, nizomga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin. O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.

1

   O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari, davlat organining ichki idoraviy hujjatlari hamda nizom talablariga muvofiq bo‘lishi;

   sovg‘a uni beruvchi tomonidan aniq bir xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan ixtiyoriy taqdim etilgan bo‘lishi;

   davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan ochiq va oshkora qabul qilinishi;

   davlat organining obro‘siga (nufuziga) putur yetkazmasligi;

   manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmasligi, xususan davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat faoliyatida xolis qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan majburiyatni yuzaga keltirmasligi lozim.

3

   Davlat fuqarolik xizmatchisi sovg‘ani tadbirdan kelgandan so‘ng 3 ish kunida xo‘jalik bo‘limiga beradi va bunda dalolatnoma tuziladi.

   Sovg‘aning qiymati aniq bo‘lmasa, xo‘jalik bo‘limi uni baholaydi va uning qiymati BHMning 4 baravaridan (1,2 million so‘mdan) ko‘p bo‘lmasa, sovg‘a davlat fuqarolik xizmatchisiga beriladi.

   Sovg‘a qiymati BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lsa, u moliya-iqtisod bo‘linmasi tomonidan davlat organi balansiga kirim qilinadi hamda davlat organi ehtiyoji uchun foydalaniladi.

   Tez yaroqsiz holga keluvchi sovg‘alar (gul, shirinliklar), shuningdek, kanselyariya to‘plamlari (taqvim, buklet, plastmassali ruchka, kundalik va bloknot) sovg‘a sifatida rasmiylashtirilmaydi hamda ushbu sovg‘alar davlat fuqarolik xizmatchisida qoldiriladi. Mazkur nizom talablari barcha davlat fuqarolik xizmatchilari uchun majburiy hisoblanishi ta’kidlandi.

5

   Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-son Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

   Jumladan, mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirish doirasida ularga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimi izchil joriy etilmoqda.

   Shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston sharoitida korrupsiyaviy omillarni aniqlash, baholash va bartaraf etish jarayonida tegishli sohalarni raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yishga e’tiborni yanada kuchaytirish zarurati vujudga kelmoqda.

   Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan davlat organlari tomonidan o‘z funksiyalarini amalga oshirishda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida, shuningdek,
2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq:

   1.2022-yil 1-sentabrdan boshlab, quyidagilarni nazarda tutuvchi “E-Antikorrupsiya” loyihasi to‘liq ishga tushirilishi ta’kidlangan:

   davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash;

   korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari bo‘yicha ushbu xavf-xatarlarni bartaraf etish choralarini tizimli ravishda ko‘rish maqsadida “Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri”ni shakllantirish va yuritish;

   korrupsiyaviy xavf-xatarlarni qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, inson omilini qisqartirish va tegishli tartib-taomillar va funksiyalarni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish orqali bartaraf etish.

   Loyiha “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshiriladi;

   Reyestrni shakllantirish va yuritish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan amalga oshirilishi va Internet tarmog‘ida ochiq e’lon qilib borilishi belgilab o‘tilgan.

   2.Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash doirasida:

   davlat tashkilotlari tomonidan ularga yuklangan har bir funksiya korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash yuzasidan Agentlik va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyotiga muvofiq tahlil qilib boriladi;

   davlat tashkilotlari tomonidan o‘ziga yuklangan funksiyalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan ma’lumotlar shakllantirilib, ochiq e’lon qilib boriladi;

   e’lon qilingan ma’lumotlar yuzasidan fuqarolarning takliflarini onlayn rejimda qabul qilish imkonini yaratgan holda ijtimoiy so‘rovlar va mustaqil ekspertlar ishtirokida muhokamalar o‘tkaziladi;

   har bir funksiyaning korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi “past”, “o‘rta” va “yuqori” o‘lchovlarida “E-Anticor.uz” elektron platformasida baholab boriladi;

   har bir funksiya bo‘yicha aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritasini tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

   korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalari bo‘yicha tuziladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalari asosida Reyestr yuritilib, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish tadbirlarini bajarish holati “E-Anticor.uz” elektron platformasida e’lon qilib boriladi

   3.Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

   davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni (yillik) baholash va korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini Reyestrga kiritish har yili 1-martga qadar amalga oshiriladi;

   korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash davlat tashkilotlari tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini jalb qilgan holda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan tashkil etiladi. Bunda, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari mavjud bo‘lmagan    davlat tashkilotlarida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uchun ularning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etilishi mumkin;

   korrupsiyaviy xavf-xatarlarni mustaqil baholash maqsadida davlat tashkilotining faoliyati ushbu tashkilot bilan kelishilgan holda mustaqil tashkilot tomonidan tashqi baholashdan o‘tkazilishi mumkin. Bunda, tegishli davlat tashkiloti faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash qoniqarsiz amalga oshirilgan deb topilgan taqdirda, Agentlik ko‘rsatmasiga asosan uning faoliyati tashqi baholashdan o‘tkazilishi shart; davlat tashkilotlarining rahbarlari o‘zlariga yuklangan funksiyalarda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazish uchun shaxsan javobgardir.

   Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

   Shu bilan birga, boshqarma hamda tuman statistika bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

4

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech