Joriy yilning 26- mart sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha seminar bo`lib o`tdi, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining 2023-yil 11-martdagi “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 54-son buyrug‘i yuzasidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori mazmun-mohiyatini boshqarma tarmoq bo‘limlari va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqgan L.Mirsoatovning ta’kidlashicha: “Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a qiymati, shuningdek uni tasarruf etish tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lib, nizomga ko‘ra davlat fuqarolik xizmatchisi O‘zbekistondan tashqaridagi xizmat safarlari, xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar, O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlarda sovg‘a olishi mumkin. O‘zbekistondagi boshqa xizmat safarlarida sovg‘a olish mumkin emas.
Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi oladigan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi kerak:
- milliy qonunchilikda taqiqlanmagan ashyolar bo‘lishi;
- sovg‘a xalqaro va boshqa rasmiy tadbirda ixtiyoriy berilgan bo‘lishi;
- sovg‘a ochiq va oshkora qabul qilinishi;
- davlat organining obro‘siga putur yetkazmasligi;
- manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaviy omilni keltirib chiqarmasligi.
Davlat fuqarolik xizmatchisi tomonidan xalqaro va boshqa rasmiy tadbirlar munosabati bilan olinishi mumkin bo‘lgan sovg‘a quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-81-son Qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan ham ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mamlakatimizda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uni keltirib chiqarayotgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish borasida tizimli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, bir qator vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ISO 37001:2016 xalqaro standartiga asosan korrupsiyaga qarshi menejment tizimi joriy etilib, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi.
Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimi va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha boshqa xalqaro standartlarning samarali joriy etilganligi hamda amaliyotga tatbiq qilinganligi reyting baholashning obyekti hisoblanib, reyting baholash alohida indikatorlardan tashkil topgan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi ta’kidlandi. Bular quyidagilar:
birinchi yo‘nalish — davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mexanizm va huquqiy asoslarning yaratilganligi hamda amaliyotga tatbiq etilganligi;
ikkinchi yo‘nalish — korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash, baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
uchinchi yo‘nalish — davlat tashkilotlari rahbarlarining korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni ko‘rsatuvchi xatti-harakatlarining mavjudligi;
to‘rtinchi yo‘nalish — xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki tartib-taomillardan xabardorligi hamda ushbu sohada bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha tadbirlarning amalga oshirilganligi;
beshinchi yo‘nalish — korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tegishli soha yoki tarmoq kesimida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining samaradorligi sanab o‘tildi.
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Aytish joizki, korrupsiya inson huquq va manfaatlarining qo‘pol ravishda buzilishi yoki uchinchi shaxslar maqsadiga yetishi evaziga kimningdir huquqlari poymol bo‘lishi bilan kechadi.
Hech birimizga sir emaski, korrupsiya holatida unga qarshi to‘xtovsiz kurash olib borilmas ekan, har qanday davlatda ilm-fan, sog‘liqni saqlash, iqtisodiyot, bank-moliya, sud-huquq, davlat boshqaruvi va boshqa inson manfaatlari mavjud barcha sohalarda ildiz otib ketishi va mamlakatni ich-ichidan yemirib halokatga yetaklashi turgan gap.
Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid normativ-huquqiy hujjatlar yil sayin takomillashib bormoqda, ammo korrupsiyani oldini olish qabul qilingan qonun hujjatlarining amaliyotda qo‘llanilishini ta’minlab beruvchi aniq mexanizmlar yaratilishini talab etadi. Binobarin, korrupsiyani yo‘qotish va unga qarshi kurashish hujjatlar bilan qanchalik tartibga solinmasin inson omiliga borib taqalishi tabiiy. Bu esa, jamoatchilikdan, har birimizdan korrupsiya deya atalmish illatni vaqtida payqash, o‘zi va yaqinlarini undan himoya qilish, ayniqsa, boshqa shaxslarning huquqlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kabi insoniylik burchlari ado etilishini talab etadi.
Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.
Shu bilan birga, boshqarma hamda tuman statistika bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.
Axborot xizmati