17/05/2024

     Joriy yilning 17 - may sanasida, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori yuzasidan boshqarma va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.Shuningdek, qaror mazmun-mohiyatini ta’kidlab o‘tildi: dastlabki reyting baholash natijalari — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi  tomonidan elektron platforma orqali shakllantirilgan reyting baholashning dastlabki natijalari, manfaatlar to‘qnashuvi — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldini olish yuzasidan   boshqarma va tuman statistika xodimlariga ta’kidlab o‘tildi.2

 

 

     Yig‘ilishda, Dastlabki reyting baholash natijalarining xolisligini ta’minlash maqsadida har yili 9 kishidan iborat bo‘lgan tarkibda Ekspertlar guruhi Agentlik tomonidan shakllantiriladi hamda o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida olib boradi aytib o‘tildi.

   Shu bilan birga, Agentlik har yili 1-noyabrga qadar davlat tashkilotlari tomonidan elektron platformaga har chorakda (10-aprel, 10-iyul va 10-oktabrga qadar) kiritilgan ma’lumotlar tahlili asosida davlat tashkilotlariga Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantirish uchun nomzod taqdim etish haqida murojaat qiladi, Agentlikning murojaatiga asosan davlat tashkilotlari har yili 15-noyabrga qadar Agentlikka korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ikki nafar malakali mutaxassisni ularning obyektivka-ma’lumotnomalari bilan birgalikda taqdim qiladi.

   Agentlik har yili 25-dekabrga qadar davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan nomzodlar va Ekspertlar guruhida ishtirok etish xohishini bildirgan fuqarolik jamiyati instituti vakillarini quyidagi mezonlar asosida saralab olish orqali Ekspertlar guruhi tarkibini shakllantiradi.

   Agentlik nomzodlarning oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari hamda ish stajini tasdiqlovchi ma’lumotlarni mas’ul davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab oladi.

Jumladan, Ekspertlar guruhi 9 kishidan iborat tarkibda Agentlik direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va Ekspertlar guruhi rahbari Ekspertlar guruhi a’zolarining birinchi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan Ekspertlar guruhi a’zosi hisoblanuvchi fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan saylanadi.

  Quyidagilar Ekspertlar guruhining vazifalari hisoblanadi:  Agentlik tomonidan shakllantirilgan dastlabki reyting baholash natijalarini belgilangan muddatlarda va sifatli ko‘rib chiqish, dastlabki reyting baholash natijalarini o‘zgarishsiz qoldirish yoki qisman o‘zgartirish haqidagi xulosani yoki muqobil reyting baholash natijalarini taqdim etish.

  Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

  Shuningdek, 2022-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma hamda tuman statistika bo‘limlari majburiyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Ushbu chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlariga tegishli topshiriqlar berilganligi qayd etildi.

  Bundan tashqari, joylarda tashkil qilinayotgan profilaktika ishlarini tashkil qilishda yuqoridagi chora-tadbirlar rejasida berilgan topshiriqlarni qat’iy amalga oshirishlari, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari  va Hukumat qarorlari, statistika sohasiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini yangi tashkil topgan hamda faoliyat ko‘rsatayotgan  tadbirkorlik sub’ektlariga tushuntirish ishlarini kuchaytirish, bunda joylardagi seminar uchrashuvlar va “Ochiq eshiklar kuni”da tadbirkorlik sub’ektlariga davlat statistika hisobotlarini belgilangan muddatlarda taqdim etishlari lozimligi to‘g‘risida doimiy ravishda tushuntirishlar berib borishlari yuzasidan topshiriqlar berib o‘tildi. Shu bilan birga, boshqarma hamda tuman statistika bo‘limlari xodimlarining odob-axloq qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech