26/07/2024

Joriy yilning 26-iyul sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha seminar bo`lib o`tdi, Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L. Mirsoatov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-81-son “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son  “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan boshqarma va tuman statistika bo‘limlari xodimlariga qisqacha tushunchalar berib o‘tdi.

    Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatiga oid samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash va ularni ilg‘or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida  korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura va Adliya vazirligining davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligini tahlil qilish, baholash va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanganligi ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son  “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qarori muvofiq boshqarma va tuman bo‘limi xodimlariga tushuncha berdi.

 O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish, ushbu Qonun bilan belgilangan talablarni davlat organlari va tashkilotlarida joriy etishda xodimlarning huquq va manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va keng jamoatchilikka tushuntirish orqali mazkur Qonunni amalga kiritishga har tomonlama va puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida:

  1. Davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va bu borada samarali nazorat tizimini o‘rnatishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni (keyingi o‘rinlarda — Qonun) qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika idoralararo komissiyasi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.

Quyidagilar Respublika idoralararo komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash mexanizmlarini samarali joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish;

davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga sabab bo‘luvchi holatlarni o‘rganish, ularni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilikka muvofiq bo‘lgan choralarning ko‘rilishida yagona amaliyotni shakllantirish;

davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, savdo platformalari va boshqa dasturiy ta’minotlari Qonun bilan belgilangan talablarga muvofiq takomillashtirilishini ta’minlash;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlarining manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hamkorligini rivojlantirish choralarini ko‘rish;

jamiyatda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish.

Belgilansinki, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Adliya vazirligi Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari hisoblanadi.

  Boshqarmaning tarmoq va tuman statistika bo‘limlari rahbarlari, xodimlari qonun hujjatlariga rioya etishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini beg‘arazlik bilan, xolisona, vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korrupsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan yoki bunday huquqbuzarliklarni sodir etish uchun shart-sharoitlar yaratadigan boshqa har qanday harakatlardan o‘zini tiyishi shartligi yuzasidan ogohlantirildi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech