Boshqarma boshlig‘i L.T.Mirsoatov boshqarma xodimlari diqqatiga, hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida siyosiy jarayon, yani tuman, shahar, viloyat deputatlar kengashilariga va parlamentga deputatlar sayloviga tayorgarlik ishlsri avjida ekanligi, joriy yilning 27-oktabar kuni saylov kuni ekanligini ta‘kidladi.
Bundan tashqari, saylovlarda, referendumlarda ishtirok etish, ovoz berish O‘zbekiston Respublikasidagi har bir muomala layoqatiga etgan fuqaroning Konstitutsiyamizda belgilangan siyosiy huquqi ekanligi hamda har birimiz ushbu siyosiy huquqlarimizdan to‘liq foydalangan holda, saylovda faol ishtirok etib, fuqarolik pozitsiyamizni bildirishimizni va albatta davlatimiz kelajagi uchun ovoz beriganligimiz uchun, bundan faxrlanishimiz lozimligini ta‘kidlab o‘tdi.
Axborot xizmati