Joriy yilning 4-aprel sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2025-yildagi “Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalaga toʻxtalib o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.03.2025-yildagi “Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 191-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshligʻi, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligini, qarorda aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil qilishga ko‘maklashish maqsadida tumanlar (shaharlar) hokimlarining boshchilik qiladigan, har bir tuman (shaharda) namunaviy tarkibda ishchi guruhlar tashkil etilishi hamda ularga mahallalar taqsimlab beriganligini aytib o‘tdi.
Qarorga muvofiq, mahallalarda aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida ekish ishlari “mahalla yettiligi” va “mahalla bankir”lari tomonidan tashkil etilishi, “Mahalla yettiligi” va “mahalla bankirlari”:
ekin ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan mablag‘larga talabni aniqlashi va moliyalashtirish ishlarini tashkil etishi;
hududning iqlim sharoiti va aholining dehqonchilik ko‘nikmalaridan kelib chiqib, yiliga 2-3-marta hosil olish imkonini beradigan yuqori daromadli ekin turlarini aniqlashi;
aniqlangan ekin turlaridan kelib chiqib, yuqori daromadli ekin turlarini yer maydonlarida ekish bo‘yicha kamida 2-3 xil tavsiya ishlab chiqishi;
tomorqa egalari va ijara asosida yer maydonlari olgan aholi bilan uchrashishi va aholiga yuqori daromadli ekinlar ekish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni, kooperativlarga a’zo bo‘lib ishlash imkoniyatlari, urug‘lik va ko‘chatlar hamda mineral o‘g‘itlar bilan ta’minlash (yetakchi tadbirkor orqali, bank krediti yoki o‘z mablag‘i hisobidan sotib olish) va yetishtirilgan mahsulotlarni sotish shartlarini tushuntirishi;
mini traktor va motokultivator olgan aholini aniqlab, ulardan kichik guruhlar shakllantirib, xonadonlar talabiga ko‘ra, tomorqalarni ekinga tayyorlashi;
tomorqa egalari va dehqon xo‘jaliklari bilan uchrashuv yakunlariga ko‘ra, ekiladigan ekin turlari bo‘yicha takliflarni tasdiqlash uchun mahalla fuqarolar yig‘ini kengashiga kirishi, bunda quyidagi majburiyatlarni nazarda tutilishi:
aholi tomorqalariga va ijaraga olingan yer uchastkalariga ekiladigan ekin turlari (bahorgi, takroriy, to‘qsonbosti);
tomorqa egalari va ijarachilar tomonidan ekin ekish ishlari va boshqa agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi belgilanganligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan avvalgi yillarda kam daromadli ekin ekilgan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlarida ekish ishlari quyidagi tartibda tashkil etilishi:
kooperatsiya asosida ekish ishlari uchun urug‘lik, ko‘chatlar, mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar shartnoma asosida yetishtirilgan mahsulotni sotib olishda hisob-kitob qilish sharti bilan yetakchi tadbirkor tomonidan yetkazib berilishi;
konturga tajribali usta-dehqonlar biriktirilishi hamda ularga yuqori daromadli ekin yetishtirish tajribasini o‘rgatganligi uchun grantlar ajratilishi haqida ham ma‘lumotlar berdi.