20/06/2025

   Joriy yilning 20-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  18.06.2025-yildagi “Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

   Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L.Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalaga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  18.06.2025-yildagi “Yashil” davlat xaridlarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 371-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.  

   Boshqarma boshligʻi L.Mirsoatov shuningdek, ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat xaridlarida atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida qabul qlinganini aytib, qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining davlat xaridlarini amalga oshirishda “yashil” davlat xaridlari tizimini joriy etish va davlat xaridlaridagi “yashil” davlat xaridlari ulushini 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich 30 foizga yetkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanganini, “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimining yoki xalqaro ekologik sertifikatlashtirish va standartlashtirish tizimlarining ekologik mezonlarga muvofiqlikni tasdiqlovchi tegishli hujjatiga (keyingi o‘rinlarda — ekologik markirovkalash hujjati)ga ega tadbirkorlik subyektlaridan amalga oshirilgan davlat xaridlari va/yoki tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi “yashil” davlat xaridi hisoblanishini, shuningdek 2026-yil 1-yanvardan boshlab:

    a) davlat xaridlarini amalga oshirishda ekologik mezonlar eng yaxshi takliflarni tanlash va tenderlardagi xarid qilish hujjatlariga majburiy tartibda kiritilishini,

bunda:

    ekologik markirovkalash hujjatining har bir turi uchun to‘plangan ballarning besh foizi miqdorida qo‘shimcha ball berilishi;

   ishtirokchi taklifining ushbu mezonlarga mos kelmasligi ishtirokchini xarid qilish tartib-taomilidan chetlatish uchun asos bo‘lmasligi;

   b) ekologik markirovkalash hujjatiga ega bo‘lgan va/yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari) ekologik markirovkalash hujjatiga ega davlat xaridlari ishtirokchilariga vositachilik yig‘imi miqdoriga nisbatan 30 foiz chegirma berilishi hamda ular tomonidan qo‘shimcha zakalat mablag‘lari kiritish talab etilmasligi

   v) davlat buyurtmachilari elektron kooperatsiya portali, elektron do‘kon va boshlang‘ich narxni pasaytirish uchun o‘tkaziladigan auksion savdolari orqali xarid qilinishi nazarda tutilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) birinchi navbatda ekologik markirovkalash hujjatiga ega ishtirokchilardan xarid qilish imkoniyatini majburiy tartibda o‘rganishi belgilanganligi to‘g‘risida ma‘lumot berib o‘tdi.

Bundan tashqari, davlat buyurtmachilari o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib, 2026-yil uchun davlat xaridi bilan bog‘liq xarajatlarda “yashil” davlat xaridlari ulushini kamida 15 foizga yetkazishi, bunda ushbu ko‘rsatkichni har yili kamida 5 foizga oshirib borish bo‘yicha choralar ko‘rishi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlik subyektlari ekologik markirovkalash hujjatlarini olishini rag‘batlantirish mexanizmlarini kengaytirish, shuningdek, ekologik markirovkalash hujjatlarini olish uchun to‘lov miqdorini keskin kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritishi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi       

   a) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2025-yil 1-avgustga qadar davlat xaridlari maxsus axborot portalidagi “Yashil” davlat xaridlari sahifasiga quyidagi ma’lumotlarni joylashtirish choralarini ko‘rish:

davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan “yashil” davlat xaridlari;

   “Yashil belgi” mahsulot va xizmatlarni yagona ixtiyoriy ekologik markirovkalash tizimida avtorizatsiyadan o‘tgan mahsulot va xizmatlarning ekologik markirovkalash standartlariga muvofiqligini baholovchi yuridik shaxslar ro‘yxati;

   ekologik markirovkalash hujjatiga ega bo‘lgan va/yoki tovarlari (ishlari, xizmatlari) ekologik markirovkalash hujjatiga ega tadbirkorlik subyektlari;

   tovarlarning sifati, texnik tavsiflari hamda ishlab chiqarish jarayonlariga nisbatan belgilangan ekologik mezonlar ro‘yxati;

   b) har yili xorijiy ekspertlar bilan hamkorlikda davlat xaridlari subyektlari uchun “yashil” davlat xaridlari sohasida xabardorlikni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli bepul o‘qitish kurslarini tashkil etilishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar kiritilishi belgilanganligi to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.

   Shuningdek, mazkur qaror bilan ayrim tovar guruhlarining davlat xaridlarida qo‘llanadigan namunaviy ekologik mezonlar hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibiga qo‘shimchalar qabul qlinganligi to‘g‘risida ham aytib o‘tildi.

   Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech