18/10/2021

Joriy yilning 15-oktabr sanasida Toshkent shahar Yashnobod tumanida Davlat statistikasi qo‘mitasi mutaxassislari hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi hodimlari tomonidan sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish yuzasidan instruktrlarga dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda ro‘yxatga oluvchilarga Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berib, mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqat qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda.

photo2021-10-1809-57-26

photo2021-10-1809-57-25

photo2021-10-1809-57-28

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech