

Bilasizki, mustaqil O‘zbekistonimiz tarixida birinchi bor o‘tkazilayotgan “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbirining 2-bosqichi yakunlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Aniqrog‘i 28-fevral kuni ushbu umummiliy tadbirimiz yakunlanadi. E’tiborli jihati mamlakatimizning barcha hududlari kabi Poytaxtimiz Toshkent shahrida yashovchi fuqarolarimiz ham datlabki, onlayn bosqichida faol qatnashib, ushbu jarayonga befarq bo‘lmadilar. Hozir esa, mahallardagi yettilik xodimlari jarayonning 2-oflayn bosqichini uyushqoqlik bilan davom ettirilmoqdalar.


Bizning Yunusobod tumanidagi Shahriston mahallamiz 1959-yilda tashkil topgan. Aholi soni 4 627 nafar, xonadonlarimiz soni 926 ta, 484 tasi yerlik aholi va 486 tasi ko‘p qavatli uyda yashaydi. Tadbirning onlayn bosqichida 80% aholimiz ro‘yxatdan o‘tgan edi. Hozir yettilik uyma-uy yurib, xató va kamchiliklarni bartaraf etmoqda. 28-fevral kunigacha ishlarimiz to‘liq yakunlanadi deydi- mahalla raisi Mirolim Mirzaahmedov.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatga olishning 2-bosqichi, 2026-yilning 28-fevral kuni yakunlanadi.



