18/10/2021

Joriy yilning 18-oktabr sanasida Toshkent shahar Yashnobod tumani "Cho'lpon" hamda "Yashnobod" MFYda Davlat statistikasi qo‘mitasi mutaxassislari hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi hodimlari tomonidan sinov tariqasida aholini ro'yxatga olish yuzasidan roʻyxatga oluvchilarga dastur asosida o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarda Vazirlar Mahkamasininig 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirilari to`g`risida”gi 710-son qarori ijrosi bo`yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma`lumot berib, mahallalarning sxematik xaritalari asosida uy-joylar ro‘yxatidan foydalanish, so‘rovnoma blankalarini to‘g‘ri to‘ldirish, respondentlar bilan muloqat qilish, to‘ldirilgan blankalarni saqlanishi va topshirilishi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berilmoqda.

photo2021-10-1817-51-17

photo2021-10-1817-51-15

Toshkent shahar statistika boshqarmasi

Axborot xizmati             

Tugmani bosing Tinglash GSpeech