18/11/2021

O‘zbekiston hududida dastlabki aholi ro‘yxati 1897 yilda o‘tkazilgan va o‘shanda aholi soni 3,9 million kishini tashkil qilgan. Ushbu ro‘yxatga olishda XIX asr oxirida mamlakatdagi oilalar, aholi soni, yoshi va jinsi, etnik tarkibi, tug‘ilish, o‘lim kabi demografik jarayonlarni qamrab olgan. Keyinchalik O‘zbekiston hududida 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 yillarda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilgan. Ammo mustaqillik yillarida respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazilmagan. Mustaqillikdan so’ng respublikamizda aholini ro’yxatga olish tadbiri birinchi marta 2023 yilda bo’lib o’tadi va har 10 yilda amalga oshiriladi. Aholini ro‘yxatga olishning huquqiy asosi bo‘lib, 2020- yil 16- martda qabul qilingan “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni xizmat qiladi. Mazkur qonun aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha mustaqillik yillarida qabul qilingan ilk qonun bo‘lib, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Aholini ro‘yxatga olishda ishtirok etish “inson va fuqaroning ijtimoiy burchidir”.

photo2021-11-0510-16-10
Olmazor statistika bo‘lim boshlig‘i
S. Annazarov             

Tugmani bosing Tinglash GSpeech