So'nggi yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 646 tonna amortizator ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 33,6 % ga oshgan.

Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim xodimlari tomonidan Yashnobod tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

2022-yilda hududlar kesimida ayollar rahbarlik qilayotgan eng koʻp kichik tadbirkorlik subyektlari soni:

2023-yilning yanvar-avgust oylarida FHDYO organlari tomonidan Toshkent shahri boʻyicha 52 607 nafar tirik tugʻilish holatlari qayd etilgan boʻlib oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 215 nafarga (8,7 %) koʻpaygan.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2023-yilning yanvar – avgust oylarida shahar korxonalari tomonidan 76,6 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2022- yilning yanvar - avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,2 % ni tashkil etdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy bo‘g‘ini hisoblanib, bugungi kunda mazkur sohani jadallik bilan rivojlantirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning safini yanada kengaytirish va rag‘batlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.

Shahar tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Mirobod tumani 15,6 % ulush bilan...

2023- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahar doimiy aholisi sonining 27,8 % i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar...

2023-yil yanvar-iyul oylarida ijara xizmatlari 3 878,2 mlrd. soʻmga yetib, jami koʻrsatilgan xizmatlar hajmida ularning ulushi 1,6 % ni tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent shahri bo‘yicha xizmatlar sohasida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 45 986,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2022-yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 10,8 %ga o‘sdi.

Joriy yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 42 599 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 4,7 %ini tashkil etdi.

2022-yil yakunlariga koʻra kichik korxona va mikrofirmalarda ayollar rahbarligidagi korxonalar soni 39 078 tani tashkil etdi

Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 2023 - yil 1- sentabr holatiga 85,9 mingtani tashkil etmoqda. Faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlarning asosiy qismi: savdo – 35,6 foiz, sanoat – 13,4 foiz, qurilish – 8,2 foiz, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar – 6,2 foizni tashkil qilmoqda.

Joriy yiling 19- sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Norkulov hamda  Agentlikning Narx statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan Bektemir tumanida INI  (iste’mol narxlari indeksi) oziq-ovqat kuzatuvi o‘tkazildi.  

Joriy yilning yanvar-iyul oylari natijalariga koʻra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 660,3 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 120,1 % ni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5 698 dona mototsikl ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 2,3 martaga oshgan.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 1 264,8 ming dona avtomobil oʻrindiqlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 16,0 % ga oshgan.

Respublikamizda 2023-yilning yanvar-avgust oylarida qurilish sohasida 3 427 ta yangi korxonalar tashkil etilgan.