25/09/2023

Joriy yilning 22- sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi  o‘rinbosari Sh. Norkulov va Xizmatlar sohasi statistika bo‘limi boshlig‘i  K. Djalilov tomonidan   2023- yilning 3- chorak yakunlari boʻyicha, kuzatuv natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan   seminar oʻtkazildi. Unda 3- chorak yakunlari boʻyicha kuzatuvda oʻrin olgan kamchiliklar har bir  tuman kesimida tanqidiy muhokama qilindi.

 Shuningdek, seminar davomida 2023-yil 4- chorak kuzatuvlarini samarali tashkil etish boʻyicha  tuman statistika boʻlimi boshliqlari va maʼsul xodimlariga kuzatuv soʻrovnomalarini chuqur tahlil qilgan holda toʻgʻri va xatosiz toʻldirilishini taʼminlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

photo2023-09-2510-33-51

Axborot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech