Joriy yilning 25-iyun sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2025-yildagi “Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 383-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yig‘ilishni boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.06.2025-yildagi “Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 383-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Boshqarma boshligʻi L. Mirsoatov shuningdek, ushbu qarorning maqsadi respublikaning olis hududlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, turizm yo‘nalishiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish, ekstremal turizm xizmatlarini kengaytirish, zamonaviy infratuzilma obyektlarini barpo etish, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay sharoitlar yaratish orqali aholini daromadli ish o‘rinlari bilan ta’minlash ekanligi haqida ma‘lumot berdi.
Shuningdek, qarorda quyidagilar alohida belgilanayotganligi, jumladan
a) tog‘li va cho‘l hududlarda umumiy masofasi 200 metrdan kam bo‘lmagan ziplayn ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 100 million so‘m;
tog‘li va cho‘l hududlarda 150 kv metrdan kam bo‘lmagan kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun 80 million so‘m miqdorida bir martalik subsidiya ajratilishi;
b) tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn hamda kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining Turizmni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi;
v) subsidiya ziplayn va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmualari to‘liq foydalanishga topshirilgandan keyin ajratilishi haqida batafsil to‘xtab o‘tildi.
Shuningdek ushbu qaror bilan tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom qabul qilinib, tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasi tashkil qilinishi rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati ham tasdiqlanganligi aytib o‘tildi.
Tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal turizm majmuasini tashkil qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilab berishi, nizom 2025-yil 1-iyuldan boshlab 2027-yil 1-yanvarga qadar amal qilishi, mazkur nizomda subsidiya olish uchun arizani taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi belgilanganligi haqida ham tushuncha berib o‘tildi.
Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.