Tadbirda tuman statistika bo‘limi mutaxassislari, hamda masalaga daxldor tegishli soha xodimlari ishtirok etdi. Seminar davomida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning maqsad-vazifalari, amalga oshirish mexanizmlari, bosqichlari hamda jarayonda qo‘llaniladigan elektron tizimlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, amaliyot jarayonini to‘g‘ri va tizimli tashkil etishning muhim jihatlari tushuntirildi. 
Ishtirokchilarga ro‘yxatga olish jarayonini aniqlik, xolislik va mas’uliyat asosida olib borish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar o‘tkazilib, tushunchalar yanada mustahkamlandi.



