2026-yil 4-fevraldan boshlab, mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O'zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga asosan ro‘yxatga olishning 2-bosqichi boshlandi.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani Chilonzor MFY va Sergeli tumani Nurhayot MFY yettiligi uyma-uy yurib, aholini ro‘yxatdan o‘tkazmoqda. Buning uchun yettilik xodimlari zarur planshet qurilmasi, beydjik va maxsus sumkalar bilan ta’minlangan. Ro‘yxatga olish jarayoni mahallalarda qizg‘in davom etib, bir kunda 10-15 tadan xonadon a’zolari to‘liq ro‘yxatga olinmoqda.

Bizning Chilonzor mahallamizda 1119 ta xonadonda 5197 nafar aholi istiqomat qiladi shundan 87% aholimiz onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Qolgan 13% aholimizning xonadoniga uyma-uy borilgan holda ro‘yxatga olish ishlarini olib borayapmiz- deydi Chilonzor MFY raisi Baxtiyor Abdullayev.

Sergeli tumani Nurhayot mahallasida esa, 1300 ga yaqin xonadondan 65% aholi onlayn ro‘yxatdan o‘tgan. Hozirda qolgan fuqarolarning xonadoniga borilib, ro‘yxatga olish jarayoni davom etmoqda.

Ro‘yxatga olishning 2-bosqichi 2026-yilning 28-fevraligacha bo‘lib o‘tadi.




