DIQQAT E'LON!

“Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi e’lon qilinadi 

Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda Milliy statistika qo‘mitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi e’lon qilinadi. 

🫂 Kimlar ishtirok etishi mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’lim shaklida, quyidagi yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar:

— statistika

— iqtisodiyot

— moliya

— axborot texnologiyalari

— ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics) 

Shuningdek: 

— bakalavriatning 3–4-bosqich talabalari;

— magistratura bosqichi talabalari. 

📊 Tanlov bosqichlari

Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:

1-bosqich – hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish (saralash bosqichi);

2-bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili);

3-bosqich – tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat. 

1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan bog‘laniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.

 

📄 Hujjatlarni topshirish tartibi

Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar quyidagi elektron pochta manziliga yuborishlari lozim:

📧 This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it. 

📃 Taqdim etiladigan hujjatlar:

— Ma’lumotnoma (CV, bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlari bilan);

— Motivation letter;

— Akademik reyting ko‘rsatkichlari (akademik ma’lumotnoma);

— Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa);

— Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa);

— Erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik bo‘yicha ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa). 

🏆 G‘oliblar va stipendiya

Tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafar g‘olib aniqlanadi.

G‘oliblarga 2025–2026 o‘quv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya to‘lab beriladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

☎️ +998 71 203 80 00 (ichki raqam: 1531)

 

Eslatma: Tanlovning to‘liq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” nizomida (https://stat.uz/img/news/ms_stipendiyasi_nizomi_16_01_2026_lotin_p98263.pdf) batafsil keltirilgan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech