11/02/2026

O'zbekiston Respublikasi Vаzirlаr Mahkamasining 2025-yil 7-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish tadbirini o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 629-son qaroriga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar vа Toshkent shahrining ikkitadan umumiy o'rtа ta'lim maktabida ro'yxatga olishning aholi o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini ommalashtirish uchun tashkil etilayotgan "Statistika sinflari"ni kompyuter texnikalari bilan jihozlash belgilangan.

 

Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan Shayhontoxur tumanidagi 115-sonli hamda Chilonzor tumanidagi 217-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablariga kompyuter jamlanmalari va mebel jihozlari yetkazib berildi va statistika sinflari tashkil etildi.

Bizning maktabimizda tashkil etilgan statistika sinfida biz IT sohasini chuqur organayapmiz. Ustozimiz bizga kompyuter dasturlari, internetdan ma’lumotlarni izlab topishni orgatmoqdalar. Bugun hayotimizni kompyuter texnalogiyasiz tasavvur qilish qiyin hamma kasbda bu juda muhim shu sababli biz IT texnalogiyalarini yaxshi bilishimiz kerak – deydi maktabning 9-sinf oquvchisi Sirojiddin G'aybullayev.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech