24/03/2023

Dunyodagi har bir mamlakat o‘z aholisi soni va uning yashash holati bo‘yicha ishonchli ma’lumotga ega bo‘lish maqsadida ro‘yxatga olish ishlarini olib boradi. Mazkur jarayon har besh yoki o‘n yilda amalga oshiriladi. Bu xalqaro amaliyotga doir tamoyil. O‘zbekistonda esa aholini ro‘yxatga olish ilk bor 1897 yilda amalga oshirilgan. Shundan so‘ng 1926, 1939, 1959, 1970, 1980, 1989 yilda o‘tkazilib, eng oxirgisida respublikamizda 19,7 million aholi yashayotgani qayd etilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2015 yil 10 iyunda “2020 yilda aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish borasidagi prinsiplar va tavsiyalar” rezolyutsiyasini qabul qildi. Unga ko‘ra, BMTga a’zo davlatlar mazkur 10 yillik raundda kamida bir marta aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishni o‘tkazishi belgilab qo‘yildi. O‘zbekistonda ham aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Bunga 2020 yil 16 martda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

 4

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech