22/10/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoni hamda Toshkent shahar hokimining 2025-yil 2-oktabrdagi 699-14-0-Q/25-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor tumanidagi Turin Politexnika Universitetida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimligi vakillari, tuman Statistika bo‘limi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Olmazor tumani bo‘limi, mahalla yettiligi a’zolari hamda boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Seminarda aholini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalarda shtablar tashkil etish, mas’ullar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda jarayonning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

 photo12025-10-2418-08-49

photo32025-10-2418-08-49

photo22025-10-2418-08-49

photo52025-10-2418-08-49

Tugmani bosing Tinglash GSpeech