26/04/2023

Ma’lumki, davlatlar milliy statistikasining asosini aholini ro‘yxatga olish natijasida olingan ma’lumotlar tashkil etadi.

    An’anaviy, keng qamrovli aholini ro‘yxatga olish usuli demografik va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha aholining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona va aniq manbasidir.

    Hozirgi kunda, dunyoning rivojlangan davlatlari ko‘p yillik tajribalar natijasidan kelib chiqib, ro‘yxatga olish ishlari ro‘yxatga olish uchun qilingan xarajatlardan ko‘ra ko‘proq foyda keltirishiga qat’iy ishonch hosil qilgan.

     Bundan tashqari ro‘yxatga olish jamiyat hayotining o‘ziga xos rag‘bati bo‘lib, umumiy resurslarni oqilona (adolatli) taqsimlash
va foydalanish imkonini beradi.

   Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida ro‘yxatga olish natijasida olinadigan barcha ma’lumotlardan faqat statistika maqsadlarida foydalanish va mutlaqo maxfiy saqlanishini ta’minlaydigan statistika to‘g‘risidagi qonuni mavjud. Ushbu qonun bilan olingan har bir alohida inson to‘g‘risidagi ma’lumotlar qandaydir tashkilot yoki jismoniy shaxsga berilishi mumkin emasligi belgilangan.

    Barcha davlatlardagi ro‘yxatga olish anketalari juda o‘xshashdir. Davlatning ijtimoiy dasturini, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslar, kam ta’minlanganlar, yetimlar, uysizlar, jinoyatchilikni kamaytirish, bandlikni oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun anketaga aholining jismoniy va ijtimoiy salomatligi, mehnat sharoiti, ish joyigacha yetib olish usullari va vaqti to‘g‘risida savollar qo‘shiladi.

   Shu bilan birga har bir davlatda jamiyatning milliy o‘ziga xosligi va an’analarini hisobga olgan holda aholi bilan ishlash metodlari va ro‘yxatga olishga tayyorlanish mexanizmlaridan foydalanadi.

    Ro‘yxatga olish o‘tkaziladigan barcha joylarda aholi bilan jiddiy ravishda asosiy maqsadi ro‘yxatga olishning ahamiyati va kerakli narsaligini ko‘rsatish va ishontirishdan iborat bo‘lgan ko‘p qamrovli ishlar olib borishga to‘g‘ri keladi.

    Amaliyotda aholini ro‘yxatga olishning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, AQSh (2010 yil) va Yevropa davlatlari (2011 yil) tomonidan quyidagi usullar qo‘llangan.  Jumladan, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Litva, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, Chexiya, Estoniya kabi davlatlarda ro‘yxatga olishni o‘tkazishning odatdagi usuli qo‘llangan. Avstriya, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya hamda Shvetsiyada registr ma’lumotlari asosida ro‘yxatga olishni o‘tkazish usuli qo‘llangan.

    Belgiya, Ispaniya, Latviya, Lyuksemburg, Sloveniya davlatlarida odatdagi ro‘yxatga olish usuli bilan birgalikda registr ma’lumotlari asosida ro‘yxatga olishni o‘tkazish usuli qo‘llangan.

    Germaniya va Niderlandiya davlatlarida registr ma’lumotlari asosida ro‘yxatga olishni o‘tkazish usuli bilan birga tanlama kuzatish usuli ham qo‘llangan.

    AQShda uzundan uzoq ro‘yxatga olish so‘rovnomasi o‘rnini bosadigan doimiy tanlama kuzatuvlar bilan birgalikda qisqa so‘rovnomali odatdagi ro‘yxatga olish o‘tkazilgan.

    Fransiyada esa uzluksiz ro‘yxatga olish usulidan foydalanilgan.

 1

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech