Tadbirda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ekstremizm, terrorizm, “ommaviy madaniyat”, giyoxvandlik kabi ma’naviy tahdidlarga qarshi kurashish, el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik boʻyicha fikir muloxazalari bildirib oʻtdi.
Insoniyat qadim-qadimdan buyon jaholatga, bidat va xurofotga qarshi ma’rifat bilan kurashishga intilib keladi. Chunki, unga qarshi kuch ishlatilsa, zo‘ravonlik vositasida kurash olib borilsa, jaholat avvalgidan battarroq kuchayib ketishi mumkin. Jaholatga qarshi ma’rifat usuli hozirgi davrda, bashariyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan. XXI asr ibtidosida g‘oyat muhim kasb etmoqda.
Buning sababi shundaki, eng kuchli ommaviy qirg‘inqurollari ishlab chiqarilgan. Kurrai zaminni bir necha marta yo‘q qilib yuborishga qodir yadroviy bombalar zahirasi mavjud paytda o‘zaro zo‘ravonlik va jaholatga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘maydi.
Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalar, tarbiya sohasida sog‘lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berib, mohiyatini ochib berish lozim bo‘ladi.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to‘liq ta’rifdir.
Ma’naviy-ma’rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir kishida shakllantirish nihoyatda zarur. Toki, mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g‘urur bo‘lmas ekan, fidokorlik, vatanparvarlik, millatparvarlik kabi xislatlar jo‘sh urmaydi. Ma’naviy barkamol, komil insonni tarbiyalash vazifasi qanchalik murakkab bo‘lmasin uni amalga oshirganimizdagina pirovard maqsadga erishish mumkin.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, inson o‘zligini anglashi dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo‘lmasdan, dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o‘rganish va bilish doimo izlanishda bo‘lsa albatta “Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha oladi diya takidladi.
Axborot xizmati