Joriy yilning 27-avgust sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2025-yildagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-126-son Farmoni mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.
Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2025-yildagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-126-son Farmonining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.
Shundan so‘ng boshqarma o‘rinbosari A.Azimov ushbu Farmonning maqsadi bandlik sohasini takomillashtirish, bandlik organlarini ish beruvchilarning hamkoriga aylantirish, ish beruvchilarga to‘siq bo‘layotgan javobgarlik choralarini bekor qilish, xalqaro standartlar asosida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini mehnat bozori talablariga moslashtirish ekanligi haqida aytib o‘tdi.
Shuningdek, mazkur Farmonga muvofiq, quyidagilar mehnat munosabatlari va kasbga o‘qitish tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalish va maqsadlari etib belgilanganligi ko‘rsatib o‘tildi:
(a) xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarning samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli tizimini yaratish;
(b) kasbga o‘qitish bilan bir qatorda malaka oshirish tizimini, shu jumladan, xususiy sektor ishtirokida joriy qilish;
(v) ish beruvchilarning ehtiyojiga muvofiq ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish;
(g) inson resurslarini boshqarish va mehnat muhofazasi sohasini rivojlantirish.
Bundan tashqari, Farmon bilan 2025-yil 1-sentabrdan boshlab ish beruvchilar uchun bo‘sh ish o‘rinlariga bandlik organlari tomonidan yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik va bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi hisobotlarni majburiy taqdim etish talablari bekor qilinganligi, mehnat munosabatlarini “bandlik organlari — ish beruvchilarning hamkori” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida 2026-yil 1-yanvarga qadar dastlab Toshkent shahrida hamda kelgusida respublikaning barcha hududlarida ish beruvchilarga amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni topib berishda bandlik organlari tomonidan ko‘maklashish tizimi joriy etilishi, “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xodimlari soni 50 nafargacha bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga YAMMTda biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilishni rasmiylashtirishga ruxsat berilishi, tashkilot tugatilganligi yoki faoliyat yuritmayotganligi sababli ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish imkoni bo‘lmaganda, “Yagona milliy mehnat tizimi” direksiyasiga fuqaroning murojaatiga asosan mehnat munosabatlari haqiqatda tugaganligi to‘g‘risidagi qaydlarni YAMMTga kiritish vakolati berilishini nazarda tutuvchi normalar mavjudligi to‘g‘risida batafsil ma‘lumot berib o‘tildi.
Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov mazkur Farmonda 2025-yil 1-sentabrdan boshlab davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlar haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilinishi, “Xavfni tahlil etish” tizimining tahlil natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida kamida 10 ish kuni oldin tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi davlat mehnat inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarga tatbiq etilmasligi va 2026-yil 1-yanvardan boshlab YAMMT orqali qayd etilgan mehnat qonunchiligi buzilishini ish beruvchi ishtirokisiz ko‘rib chiqish va qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha elektron ma’muriy qaror qabul qilish tizimi joriy etilishi haqida ham ma‘lumot berib o‘tildi.
Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.