14/08/2025

  Joriy yilning 14-avgust sanasida Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2025-yildagi “Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 478-son qarori mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish yuzasidan seminar o‘tkazildi.   

  Yigilishni boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov kirish soʻzi bilan ochib, kun tartibidagi masalalarga toʻxtalib o‘tdi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.07.2025-yildagi “Tadbirkorlik subyektlariga tutash hududlardan mavsumiy foydalanishni tashkil etishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 478-son qarorining mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi.   

  Shundan so‘ng boshqarma o‘rinbosari A.Azimov ushbu qaroroning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan to‘rtinchi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 30-avgustdagi PF-132-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish ekanligi haqida aytib o‘tdi.    

  Shuningdek, mazkur qarorga muvofiq, 2025-yil 1-oktabrdan boshlab umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun o‘ziga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash bo‘lgan, davlat organlari va tashkilotlariga doimiy foydalanishga berilgan aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalaridan (sog‘liqni saqlash, ta’lim va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tegishli yer uchastkalari bundan mustasno) mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun haq evaziga ijara huquqi asosida foydalanish tizimi amaliyotga joriy etilishi, har yili 1-yanvarga qadar tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, kadastr, soliq idoralari takliflari asosida, tuman (shahar) hokimlarining qarori bilan kelgusi yil uchun tuman (shahar) hududidagi aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yer uchastkalarida tijorat faoliyati obyektlarini joylashtirish sxemasi tasdiqlanishi, 2026-yil 1-fevralga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan reja-grafikka asosan quyidagi organlar tomonidan o‘z hisobidan (yoki mazkur qarorga asosan qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi organlariga tushadigan mablag‘lar hisobidan keyinchalik to‘lab berish sharti bilan) tijorat faoliyati obyektlarini ko‘cha va binolarga mos arxitektura qiyofasida hamda aholi uchun qulay va xavfsiz qilib loyihalashtirishga doir yagona talab va tavsiyalar (“dizayn-kod”) ishlab chiqilib, tasdiqlanishi belgilanganligi to‘g‘risida ma‘lumot berib o‘tildi.

  Boshqarma boshligʻi o‘rinbosari A.Azimov mazkur qaror bilan Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan tijorat maqsadlarida mavsumiy foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanganligi, mazkur nizom hududlarda umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlarda mavsumiy umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish tartibini belgilashi, mazkur Nizom ko‘p qavatli binolardagi (uylardagi) noturar joylarda tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan qo‘shimcha yengil qurilmalarni qurish bilan bog‘liq munosabatlarga ham tatbiq etilishi, ijaraga oluvchi tutash hududdagi yer uchastkasidan ijara huquqida vaqtincha foydalanish maqsadida ijara shartnomasi tuzish bo‘yicha ijaraga beruvchiga yozma yoki elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi, ijaraga beruvchi tutash hududdan vaqtincha foydalanishga ijara shartnomasini tuzish bo‘yicha murojaat kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida tutash hududdan vaqtincha foydalanish bo‘yicha maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijara shartnomasini tuzadi yoki asoslantirilgan holda rad javobini berishi mumkinligi, ijaraga oluvchining arizasi va unga ilova qilingan hujjatlar (ma’lumotlar) to‘liq emasligi aniqlansa, ushbu hujjatlar murojaat qiluvchiga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarilishi belgilanganligi to‘g‘risida seminar ishtirokchilariga batafsil ma‘lumot berib o‘tildi.

  Seminar yakunida Boshqarma Bosh yuriskonsulti F.Tursunov ham so‘zga chiqib, yuqoridagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori haqida xodimlarga qo‘shimcha ma’lumotlar berib o‘tdi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech