12/09/2025

  2025-yil 1-avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 18 155 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 278 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 17 877 tani tashkil qildi.
Toshkent shahar bo‘yicha 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 138,6 trln so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,1 % ga o‘sdi.

  Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 88,1 trln so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,3 % ga to‘g‘ri keldi.

 photo2025-09-1212-43-51

Tugmani bosing Tinglash GSpeech