So'nggi yangiliklar

Mustaqillik – har bir xalq uchun ulug' ne'mat, buyuk inoyat, milliy o'zlikni anglash, erkin va farovon yashash imkoniyatidir.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent shahrida jami 19,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

2023-yilning yanvar-iyul holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 858 ta bo‘lib, jami yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning 1,6 foizini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 424,4 tonna saryogʻ ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 24,4 % ga oshgan. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan Mustaqillik bayrami arafasida, agentlik tizimida faoliyat yuritib, hozirda nafaqaga chiqqan keksalar uchun turli tadbirlar tashkil etilib, ularning holidan xabar olinmoqda.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 10 448,1 mlrd. so‘mni yoki ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 4,2 %ini tashkil etdi. 2022- yil yanvar-iyulga nisbatan o‘sish sur’ati 122,6 % darajada qayd etildi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 890,6 ming tonna chaqiq tosh qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 7,6 % ga oshgan. 2023-yilning iyul oyida yirik korxonalar tomonidan 164,7 ming tonna chaqiq tosh qazib olingan.

Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 104,6 %ni yoki 23 930,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022-yilning yanvar-iyul oylarida metallurgiya sanoati ulushi 15,9 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 54,2 ga ko‘paygan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Xitoy Xalq Respublikasi (3 082,0 mln.AQSh dollari), Rossiya Federatsiyasi (2 633,8 mln.AQSh dollari) va Qozog‘iston (906,8 mln.AQSh dollari) shular jumlasidandir, qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida FHDYO organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 122 468 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Toshkent shahrida 2023 - yil 1 - avgust holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar o‘sish sur’ati 2022 - yilning mos davriga nisbatan 73,2 foizni tashkil etdi.

Axborot va aloqa sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish va boshqa yordamchi xizmatlar sohasidagi faoliyat (14 248,2 ming so‘m)da, eng past ko‘rsatkich esa Aloqa sohasi (9 922,8 ming so‘m)da kuzatildi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 67,5 %i to‘g‘ri kelib, 2022-yil yanvar-iyul oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 9,4 % punktga ko‘paydi.

2023- yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 53,2 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 82,3 % ini tashkil etdi.

TOSHKENT SHAHRINING XSST BOʻYICHA IMPORT TARKIBI (2023 yil yanvar-iyul oylari, yillar kesimida)

2023-yilning yanvar-iyul oylarida sug‘urta xizmatlari hajmi 4 237,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. 2022-yil yanvar-iyulga nisbatan o‘sish sur’ati 137,5 % darajasida qayd etildi.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida jami 397,3 ming nafar chet el fuqarolari dam olish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Oʻzbekistonga 7 oyda eng koʻp dam olish maqsadida tashrif buyurgan davlatlar fuqarolari: