2024-yilning yanvar-mart oylarida moliyaviy xizmatlar hajmi 30,9 trln soʻmni tashkil etib, jami xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi, boshqa xizmat turlariga nisbatan eng yuqori koʻrsatkichlardan biri boʻlib, yaʼni, 24,2 % ni tashkil etdi. Moliyaviy xizmatlarning oʻsish surʼati 125,2 % darajasida qayd etildi.
Moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi 57,3 % ni yoki 17,7 trln soʻmni tashkil etdi.
2023-yilga nisbatan Xorazm viloyatida yuqori oʻsish surʼati 141,6 % ni tashkil etdi.