So'nggi yangiliklar

2023-yil yanvar-iyun oylarida respublikada transport xizmatlari hajmi 49 141,6 mlrd. soʻmni tashkil etib.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 6,6 ming tonna gulqogʻozlar ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 1,7 martaga oshgan.

2023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, tashish va saqlash xizmatlari sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 23 720 ta bo‘lib, 2019-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 152,9 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning 21-iyul kuni Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umid Madaminovning 2023-yilning 4–14-iyul kunlari Kolumbiyaning Bogota shahrida Oksford Kambag‘allikni qisqartirish va inson taraqqiyoti markazi tomonidan “Ko‘p qirrali kambag‘allik o‘lchovi” bo‘yicha seminardagi ishtiroki natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Oʻzbekiston Respublikasida sport-taʼlim muassasalari va seksiyalarida sportning yakka kurash turi bilan shugʻullanuvchilar soni jami 33 256 kishini tashkil etgan boʻlsa, shundan, ayollar 3 256 nafar (jamiga nisbatan 9,8 %)ni tashkil etdi.

oriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmat ko’rsatish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlarning soni 41 949 ta bo‘lib, jami korxona va tashkilotlarning 6,3 foizini tashkil etdi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi kasaba uyushmasi tomonidan boshqarma xodimlarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida Toshkent viloyati “Chotqol” dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi.

Joriy yilning 21-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi  PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2023-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida 454 ta sport-taʼlim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

023-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahrida faoliyatko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soni 8150 mingbirlikni tashkil etdi. Xizmatlar sohasida 6319 ming birlik korxonava tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, bu ularning umumiy sonining77,5 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 104,6 %ni yoki 23 930,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahrida ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-iyun oylarida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning ulushi 6,3 % ni tashkil etgan bo‘lsa, uning fizik hajm indeksi 89,3 % ni tashkil etgan.

Joriy yilning 21-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Mirzo Ulug'bek tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

Joriy davrda 3 117,6 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,2 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvariyun oylarida hudud iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi umumiy YAHMning 90,5 % ini, mahsulotlarga sof soliqlar esa 9,5 % ini tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvar-iyun oylarida ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 43,7 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlarining 81,4 % ini tashkil etdi.

2022-2023- yillarning yanvar-iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish hajmi va o‘sish sur’atlari

2023-yilning 1-yanvar holatiga hayvonot bogʻlarida jami 18 652 turdagi hayvonot dunyosi namunalari va nusxalari mavjud boʻlib, shundan 426 tasini sudralib yuruvchilar tashkil etadi.