So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-iyul  holatiga ko‘ra, respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 69 628 ta bo‘lib, ular jami faoliyat yuritayotgan korxonalarning 14,6 % ulushini tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 5,3 ming tonna makaron mahsulotlari ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 57,5 % ga oshgan.

Yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi tarmog‘i 0,7 f.p., sanoat tarmog‘i – 1,4 f.p., qurilish tarmog‘i – 0,3 f.p. va хizmat ko‘rsatish sohasi 2,6 f.p. ijobiy hissa qo‘shdi. 

2023-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikamiz teatrlarida namoyish etilgan spektakllar soni jami 9 593 tani tashkil etdi.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining umumiy hajmi 59,0 trln. soʻmni yoki 2022-yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi.

2023- yilning yanvar-iyun oylarida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 68,3 %i to‘g‘ri kelib, 2022-yil yanvar-iyun oylari ko‘rsatkichiga nisbatan 8,8 % punktga ko‘paydi.

2022-yilda jami tashkilotlar soni 65 tani tashkil etib, ulardan ilmiy tashkilotlar 58,5 % ga (38 ta) va oliy ta’lim tashkilotlari esa 41,5 % ga (27 ta) to‘g‘ri kelmoqda. 2021-yilda bu ko‘rsatkich 59 tani tashkil etgan.

Toshkent shahrida 1 ta hayvonot bog‘i mavjud bo‘lib, u o‘z faoliyatini Yunusobod tumanida olib bormoqda.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxona va tashkilotlarning salmoqli qismi – 1 767 ta yoki 88,1 foiz ulushi tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Toshkent shahrida chakana savdo Tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Chilonzor tumani 18,6 % bilan 6 572,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahrining MDH mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 2023- yil yanvar- iyun oylari holatiga 3 924,0 mln,AQSh dollarini tashkil etib, shundan eksport – 970,7 mln,AQSh dollariga yetgan boʻlsa, import – 2 953,3 mln,AQSh dollari qiymatida qayd etildi.

 

Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar-iyunoylarida ko‘chmas mulk bilanbog‘liq xizmatlar hajmi 2 767,3mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Toshkent shahrida joriy davrda 3 117,6 mlrd. so‘m yoki asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,2 %i xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan amalga oshirildi.

Toshkent shahrida 2022- yilning yanvar - iyun oylari yakunlariga ko‘ra kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining ishlab chiqaradigan sanoatdagi ulushi 3,1 % ni tashkil etgan, fizik hajm indeksi esa 90,6 % ni tashkil etgan.

Toshkent shahrida 2023- yilning yanvariyunida YAHM deflyatori indeksi 2022- yilning mos davridagi narxlarga nisbatan 111,2 foizni tashkil etdi.

Toshkent shahri bo‘yicha 2023 - yilning yanvar - iyun oylarida uyushmagan savdo tovar aylanmasi 885 540,5 mln. so‘mni tashkil etib, 2022- yilning yanvar - iyun oylariga nisbatan 2,5 % ni tashkil etdi.

Toshkent shahrida 2022-yilda jami 42 ta faoliyat ko‘rsatayotgan konsert tashkilotlari mavjud.

2022-yil yanvariyun oylariga nisbatanijara xizmatlari hajmi 250,9 mlrd. so‘mgaoshib, 2023- yil yanvariyun oylarida 1 133,9mlrd. so‘mni tashkil etdi. Xizmatlarning umumiyhajmida ularning ulushi 1,3 % ni tashkil etdi.