08/08/2023

2023-yilning yanvar - iyun oylarida shahar korxonalari tomonidan 53,7 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2023- yilning yanvar - iyun oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 104,5 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi (80,9 %)ni hamda ishlab chiqarish hajmi 43,7 trln. so‘mni tashkil etdi.

Jami sanoat ishlab chiqarishi fizik hajmi o‘sishining asosiy omili bo‘lib, elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalashning - 5,3 % ga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning – 7,8 % ga, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilishda - 26,6 % o‘sishi kuzatildi. Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarda ishlash – 4,3 % ga pasayish kuzatildi.

 

23-sanoat

 

 

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech