So'nggi yangiliklar

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda jami 297 041 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlar faoliyat yuritmoqda. Ular hududlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:

2023-yil 1-iyun holatiga  jami ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 661 366 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 70 816 taga oshgan, o‘sish sur’ati esa 112,0 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarning mos davrida ularning dinamikasi quyidagicha:

Joriy yilning 7-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Yangihayot tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

Toshkent shahrida savdo faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Mirobod tumani (6265,7 ming so‘m), Chilonzor tumani (6251,6 ming so‘m), Yashnobod tumani (5521.7 ming so‘m) hamda Shayxontohur (5 400.4 ming so‘m) tumanlarida kuzatildi.

Toshkent shahrida 2019-yil yanvarmay oylariga nisbatan 2023-.yilning mos davrida moliyaviy xizmatlar hajmi 13 345,8 mlrd. so‘mga oshib, 22 757,9 mlrd. so‘mga yetdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 612,4 tonna mayonez ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 9,6 %ga oshgan.

2022-yilning yanvar-may oylariga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 2023-yilning yanvar-may oylarida 10 271,3 mlrd. soʻmga oshib, 40 966,2 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda tuman statistika bo'lim hodimlari tomonidan Mirzo Ulug'bek tumanida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

2023- yilning 1- yanvar holatiga Respublikadagi texnikumlar soni 207 tani tashkil etgan.

2023-yil 11-iyul kuni Statistika agentligi vakillari va Gruziya milliy statistika  xizmati (Geostsat) xodimlari o‘rtasida tajriba almashish, xususan, statistik biznes registrni tuzish va yuritish hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha ikki tomonlama tajriba almashish doirasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Joriy yilning 7-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 13 dekabrdagi  PQ-4551-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

2023 - yil yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi axborot va aloqa sohasiga to‘g‘ri kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish darajasi 136,5 % ni tashkil etdi.

Davlatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida ularning yildan-yilga investitsiya va ishbilarmonlik muhiti yaxshilanib borayotgani namoyon bo‘lmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 112,9 ming tonna toshkoʻmir qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 18,2 % ga oshgan.

2023-yilning yanvar-may oylarida, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi 446,6 mlrd. soʻmni tashkil etdi.

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar-may oylarida jami yirik korxonalar tomonidan 327,6 ming tonna neft qazib olingan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 3,1 %ga oshgan.

Toshkent shahrida og‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash korxonalari tomonidan 2023- yilning yanvar - may oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 6,3 trln. so‘mni yoki jami sanoat mahsulotlari hajmining 14,9 % ini tashkil etdi.

2023-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 807 tani, shundan qo‘shma korxonalar 4 919 ta va xorijiy korxonalar 7 888 tani tashkil etdi.