2023-yilning yanvar-iyun oylarida Respublikada 5 288,3 ming tonna sut yetishtirilgan boʻlib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 102,9 %ni tashkil qildi.
Sut yetishtirishning yuqori hajmlari 4 914,9 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 92,9 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklarida qayd etildi, aksincha kam hajm 51,8 ming tonna (1,0 %) qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.