So'nggi yangiliklar

Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i Sh.Shodmonov hamda Mirobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i D. Txirov tomonidan Mirobod tumanida shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

 

Ishlab chiqaradigan sanoat tarkibida 2022- yilning yanvar-fevral oylarida metallurgiya sanoati ulushi 10,1 % ni tashkil etib, uning fizik hajm indeksi 2,1martaga ko‘paygan

Kichik korxona va mikrofirmalar bo‘yicha yangi qurilish hisobidan 1 764,0 mlrd. so‘m yoki jami kichik korxona va mikrofirmalarning yangi qurilish ishlaridagi ulushi 76,4 % ni tashkil etdi.

2023-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar, jami faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlardaning 2,2 foiz ulushini tashkil etib, ularning yillar kesimidagi o‘sishi quyidagicha:

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 12 250 dona domkratlar (transport vositalarini koʻtarish uchun foydalaniladigan mexanizmlar) ishlab chiqarilgan boʻlib, mazkur ishlab chiqarish 2022-yilning tegishli davriga nisbatan 28,9 % ga oshgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-fevral oylarida  O’zbekiston Respublikasi  tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSh dollarida):

 

Oʻzbekiston Respublikasida 2023-yilning yanvar oyida jami yirik korxonalar tomonidan 588,9 tonna plastmassadan qattiq quvurlar (trubkalar va shlanglar) ishlab chiqarilgan.

Respublikamizda tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni o‘zaro taqqoslanganda, MCHJ va xususiy korxonalardan keyin - uchinchi o‘rinni oilaviy korxonalar egallagan bo‘lib, ular 2023-yil 1-mart holatiga ko‘ra jami tadbirkorlik subyektlarining 11,2 foiz ulushini tashkil etdi.

2023-yil yanvar oyida transport xizmatlari hajmi 7 188,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2022-yil yanvar oyiga nisbatan ushbu xizmat turining oʻsish surʼati 108,3 % ni tashkil etdi.

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Toshkent shahrida 2023-yilning yanvar-fevral oylarida FHDYO organlari tomonidan 2 080 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

2023-yilning yanvar oyi yakunlariga koʻra, shaxsiy xizmatlar hajmi 769,5 mlrd. soʻmga teng boʻldi.

O‘zbekiston Respublikasida 2022- yilda kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga  17,9 birlikni tashkil qildi. Kichik tadbirkorlik subyektlarining soni har 1000 aholiga tuman kesimida eng ko‘p Yakkasaroy tumanida – 74,1   birlik,  Mirobod tumanida 57,7 birlik, Tomdi tumanida 55,6 birlik, Bektemir tumanida 50,9 birlik,  Qorovulbozor tumanida 50,1 birlikni tashkil qildi.

Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Xizmatlar sohasi statistikasi” bo‘limi boshlig‘i Sh.Shodmonov hamda Chilonzor tumani statistika bo‘limi boshlig‘i A. Raxmatov tomonidan Chilonzor tumanida shaxsiy avtotransport egalarining tashish faoliyati to‘g‘risida so‘rovnoma o‘tkazildi.

 

 

Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi boshlig‘i B.Boymurodov hamda Yakkasaroy tumani statistika bo‘limi boshlig‘i B.Meliyev tomonidan Yakkasaroy tumani  mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni hamda mahallada joylashgan ko‘chalarning boshiga ko‘cha nomi belgilarining ilinganligi o‘rganib chiqildi.

Ezgu qadriyatlarini o‘zida yaqqol mujassam etgan, ona tabiat va odamlar ruhiyatida yuz beradigan yasharish, yangilanish va yuksalishlarni asrlar davomida to‘la namoyon qilib kelayotgan Navro‘z bayrami Toshkent shahar statistika boshqarmasida ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.

Joriy yilning 17-mart kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirni Toshkent shahar statistika boshqarmasi boshlig‘i L.Mirsoatov ochib berib, soha xodimlarini bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik va qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, 2022 yil yakunlari uchun tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan 2023 yilning 27 fevral kuniga qadar taqdim etiladigan 1-kb shakli (uning ilovalarini qo‘shgan holda) va 1-fx shakli yillik statistika hisobotlari 3 mart sanasiga qadar uzaytirilgan edi.